Diqqat! Bugundan mikrohududdan tashqari maktabga ariza topshirish boshlanadi
Farzandingizni
o‘z mikrohududingizdan tashqari maktabga (
qo‘shimcha kvota bo‘yicha) joylashtirish uchun
doimiy yoki
vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan manzilingiz bo‘yicha ariza yuborishingiz mumkin. Xizmat bugun soat
10:00 dan boshlab ishga tushadi.
Onlayn arizani to‘g‘ri topshirish tartibi:
1️⃣
-qadam. my.gov.uz ga kiring va “
Bolani maktabning birinchi sinfiga joylashtirishga ariza yuborish” xizmatini tanlang. Ariza topshirish darajasida albatta
“Mikrohududdan tashqari qabul”ni belgilang.
2️⃣
-qadam. “Maktab tumani” maydoni ochiladi va kerakli maktabni tanlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
💬 Eslatma: Agar vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, “Maktab hududi” maydonida vaqtinchalik yashayotgan manzilingizni tanlashingiz mumkin.
Maktab tanlanganda ekranda avtomatik ravishda ushbu maktabning
kvotasi, bo‘sh o‘rinlar soni va ko‘rib chiqilayotgan arizalar soni ko‘rsatiladi.
Agar tizimda vaqtinchalik yashayotgan hududingiz ko‘rinmasa, quyidagi bosqichlarni bajaring:
my.gov.uz’dagi
qoralama (черновик) arizangizni o‘chiring.
id.egov.uz tizimiga kirib,
“Ro‘yxatdan o‘tish manzili to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limidagi
“Ma’lumotlarni yangilash” tugmasini bosing.
So'ngra
my.gov.uz portaliga qaytib,
“Mening uyim” bo‘limida
“Batafsil” tugmasi yonidagi
yangilash belgisini (🔄
) bosing.
3️⃣
-qadam. Endi arizani qaytadan to‘ldirib, yuboring.
Ariza mas’ul tashkilot tomonidan ko‘rib chiqiladi. Tasdiqlangach, tizim avtomatik ravishda
maktabga borish vaqtini belgilaydi.
Belgilangan vaqtda hujjatlar to‘plami bilan maktabga borishni unutmang!
Ariza topshirish havolasi: 👉
https://my.gov.uz/oz/service/797
🌐 my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook* instagram* YouTube
LinkedIn Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram