avatar
my.gov.uz
@MyGovUz
07.08.2026 11:30
#infografika

Haydovchilar ko'proq qaysi xizmatlardan foydalanadi? (2026-yil)

Avtotransport bilan bog‘liq davlat xizmatlari my.gov.uzdagi eng talabgir yo‘nalishlardan biri.

Joriy tahlillar shuni ko‘rsatdiki, fuqarolarimiz nafaqat vaqtini, balki ma’muriy jarayonlarni soddalashtiruvchi raqamli yechimlarni ham faol o‘zlashtirmoqda.

Xizmatlar reytingi va talab dinamikasi
 Avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma — mutlaq yetakchi (1,04 mln ariza): Avtomobilni boshqarish huquqini onlayn rasmiylashtirish eng ko‘p foydalanilgan xizmat bo‘ldi. Bu notarial idoralarga tashrif keskin kamayganini ko‘rsatadi.
  Avtotransport oynalari tusini o’zgartirish (tonirovka)ga ruxsatnoma (898 ming ariza): Mavsumiy xizmatlar orasida yuqori talabda qolmoqda.
  Yo’l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni boshqa shaxsga o’tkazish (412 ming ariza): YHQ buzilganlik uchun jarimani haqiqiy haydovchi nomiga o‘tkazish xizmati fuqarolarning huquqiy madaniyati va tizimning shaffofligi oshganidan dalolat beradi.
  Avtotransport vositasiga ekologik stiker olish (251 ming ariza): Ekologik stikerlarga arizalar soni oshishi atrof-muhit va yangi tartiblarga moslashuvni tezlashtirmoqda.
  Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish (33 ming ariza): Haydovchilik guvohnomasini masofadan rasmiylashtirish ham barqaror ko‘rsatkichni saqlab turibdi.


 Arizalar oqimi eng faol bo'lgan oylar: 
Yanvar – 580 ming ariza
Aprel – 450 ming ariza
Iyun – 352 ming ariza.

my.gov.uz bilan davlat xizmatlaridan istalgan vaqtda foydalaning!

🌐 my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook* instagram* YouTube
LinkedIn
Bot
👍 18
🐳 4
🔥 3
👏 1
👌 1
16 46.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

my.gov.uz

264.4K
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook*:
https://www.facebook*.com/mygovuzb
Instagram*:
https://www.instagram*.com/my.gov.uz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram