Maktabga oid 3 ta muhim xizmat yana faollashtirildi!
Yangi o‘quv yili yaqinlashmoqda, demak, maktab bilan bog‘liq yumushlarni ham ortiqcha ovoragarchiliksiz, uydan chiqmagan holda hal qilish vaqti keldi.
Bugun,
1-avgustdan my.gov.uz portalida quyidagi 3 ta raqamli xizmat
qaytadan ishga tushirildi:
O‘quvchini bir davlat maktabidan boshqasiga o‘tkazish;
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini davlat maktablariga qabul qilish;
O‘zbekiston fuqarolarining xorijda ta’lim olgan farzandlarini davlat maktablariga qabul qilish.
Arizani
my.gov.uz orqali uydan chiqmagan holda topshirishingiz va holatini elektron tarzda kuzatib borishingiz mumkin.
Davlat xizmatlariga oid eng so‘nggi yangiliklar va qulayliklardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!
🌐 my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook* instagram* YouTube
LinkedIn Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram