avatar
Jamshidbek Izzatulloh | Blog
Переслано от канала
13.05.2026 22:17
Carnegie Mellon University Qatar was once again conquered by an ivybek student!!!

admissions program graduate, Jamshidbek and Asadbek's student got off the waitlist at CMU Q!!!

admissions program students rocking!! Top- 24 in the world!!!
35
🔥 11
5
💯 2
👍 1
9 3 762
avatar
Jamshidbek Izzatulloh | Blog
@Jamshidbek_Izzatulloh
13.05.2026 11:28
Yuguramizmi?

Husan o'rtog'im Agora degan loyihasida walk-and-talk degan tashabbus qilgandi.

Shuni run-and-talk variantini qilmoqchiman. Birinchisini boshladik.

Ikki karra Xalqaro Kimyo Olimpiadasi oltin medali, Xalqaro Kimyo Mendeleyev Olimpiadasi oltin medali g'olibi, Prezidentdan 1 milliard so'm mukofot yutgan, va eng qizig'i o'zim universitetga tayyorlagan o'quvchim Daler bilan yugurdik. Yoshlikdan birga katta bo'lgan yaqin o'rtog'im bilan ham.

Keyingi run-and-talk larni kanalda e'lon qilaman. Birga yuguramizmi?

p.s. Ko'rasila, shu bola Nobel yutadi.
@Jamshidbek_Izzatulloh
❤‍🔥 32
9
🔥 9
👍 3
😢 2
😘 2
5 7 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Jamshidbek Izzatulloh | Blog
@Jamshidbek_Izzatulloh
12.05.2026 15:59
Jamshidbek Izzatulloh | Blog Universitetimdan xonadosh qidiryapman. O'tgan yili juda yaxshi xonadosh nasib qilgandi. Vaqtida ulgurib borishimga rossa yordam bergandi, iloji bo'lmaganiga, birga turolmaganimizga xafa bo'lgandik. Bu yil endi u bilan turolmayman, chunki birinchi kurslar birinchi kurslar bilan turishi shart. O'ntacha odamni profilini ko'rib, shaxsiydan yozib chiqdim. Endi ular bilan Zoom orqali gaplashib chiqaman birma-bir. Nima savollarni so'rashni maslahat berasiz? Moslikni aniqlash uchun nima savol so'ragan bo'lardiz? Xonadosh bo'lish uchun, hozircha @Jamshidbek_Izzatulloh.
Xonadosh tanladim. Asosiy kriteriya - erta uxlash. O'qishda qat'iy uyqu rejimiga amal qilishni niyat qilganman, va xonadosh tanlashda bir xil vaqtda uxlash juda muhim. Qolgan e'tibor berganlarim esa qiziqishlari, sohasi, va albatta dini.

Tasodifni qarangki, bu safar ham kelib chiqishi Pokistondan bo'lgan, va Amerikada katta bo'lgan bola ekan. Qizig'i - ko'rinishi g'irt O'zbek. O'ziga ham ayttim.

Vandy da Molecular Biology va Data Science o'qimoqchi. Manam Data Science ni minor qilib o'qishni reja qilgandim. Umumiy qiziqishlarimiz ko'p ekan. Masalan, futbol. U ham futbol jinnisi ekan. Ham o'ynash, ham ko'rish va muhokama qilish.

Xonadoshim bilan yaqin do'st bo'lishni niyat qildim. Barakasini bersin.

Yana bir yangilik, Vandy da man kutganimdan ko'proq o'zbeklar bor ekan. Kelib chiqishi o'zbek, lekin Amerikada katta bo'lganlar. Hozircha adashmasam 7 ta o'zbek ekanmiz. Lekin O'zbekistondan topshirgan bitta o'zim.

Eng qizig'i, o'sha o'zbeklardan biri shu universitetni o'zidagi o'zbek qizga uylanayotgan ekan. Yozda to'y qilgani kelisharkan O'zbekistonga. Havas qilarli.

Kuzda borganimda O'rta Osiyolik o'quvchilar Jamiyatini ochmoqchimisiz. Aytishlaricha Nashvilleda o'zbeklar juda ko'p ekan. Ular bilan uchrashuvlar, tadbirlar uyushtirishni niyat qilganman. O'zi oson qilsin.
@Jamshidbek_Izzatulloh
❤‍🔥 87
🔥 24
15
👍 8
👏 8
3
💋 3
22 5 1.7K
avatar
Jamshidbek Izzatulloh | Blog
@Jamshidbek_Izzatulloh
03.05.2026 21:36
6 yoshgacha 600 ta kitob?!

"Bolam kitobga qiziqmaydi" deb ko'p ota-onalar nolishganini ko'raman. Kitob o'qishga qiziqish maktab yoshidan boshlanmaydi. Bola tug'ilishi bilanoq bemalol kitobga yo'naltirsa bo'ladi.

Osmondagi bolalar ko'rsatuvida jiyanimning o'qigan kitoblari sonini aytganimga ishonmaganlar ko'p bo'lsa kerak. Shu mavzuda eng muhim tavsiyalar bilan ulashmoqchiman.

Birinchi o'rinda albatta muhit. Uyni bolalar kitoblari bilan to'ldirib yuborsak, bolani ko'rgan narsasi kitob bo'lsa, qiziqmaslikning iloji yo'q. Ayniqsa sifatli yoshiga mos bolalar kitobi juda qiziq va o'ziga tortish xususiyatiga ega.

Ikkinchidan, e'tibor! Kitob o'qishga o'zingiz qanchalar qiziqayotganizni ko'rsatsangiz farzandingiz ham sizga o'xshash uchun ham kitob o'qiydi. Buni bolalar psixologiyasida "modeling" deyiladi.

Uchinchidan kitobni yumush yoki vazifa sifatida emas, balki rag'bat, quvonch, hursandchilik hissi bilan imkoni boricha bog'lash kerak. Miyada kitobning ijobiy hissiyotlar bilan bog'lanishi, ya'ni "association" bo'lishi, bola o'sha ijobiy hisni sog'inganida yechimni kitobdan qidirishni boshlaydi.

Oxirgisi, va albatta eng muhimi, o'z yoshiga mos kitob tanlash. Kitob biroz qiyinlik qilsa bola tushunmagani uchun umidsizlanishi, yoki juda osonlik qilsa zeriktirishi mumkin. Shuning uchun albatta bolalar kitobi bo'yicha tajribali insondan tavsiya olish kerak.

Shaxsan o'zimiz foydalangan manbani tavsiya qilmoqchiman. Mom&Me do'koni asoschisi Zarifa opadan so'nggi 2 yildan beri doimiy kitob sotib olamiz. Sizga ham kitob kerak bo'lsa endi bilasiz kimdan olishni.

Bolalarimizni kitobxon qilaylik. 10 yoshdan emas. Tug'ilganidan boshlab.
@Jamshidbek_Izzatulloh
👍 47
27
🔥 16
❤‍🔥 4
3
😘 2
🕊 1
15 68 4.2K
avatar
Jamshidbek Izzatulloh | Blog
@Jamshidbek_Izzatulloh
03.05.2026 00:10
Ikki yarim soatlik dildan suhbat va esdalik uchun rasm tarixga muhrlandi.

Saviya umuman boshqa darajada. Bir amallab suhbatga kerakli izohlar qo'shib, o'rinli va manfaatli savollar berishga harakat qildim.

Olgan xulosalarim va taassurotlar haqida yozaman desam rosti miyamda hozir juda chalkashlik. Eyforiyadan tushib olsam yozaman.

Unutilmas kecha. Xayrulla Hamidov ustozga tashakkur!!!
@Jamshidbek_Izzatulloh
91
❤‍🔥 22
👍 15
11
🔥 4
4 7 2.8K
avatar
Jamshidbek Izzatulloh | Blog
@Jamshidbek_Izzatulloh
02.05.2026 19:57
22
❤‍🔥 2
🔥 2
1
👍 1
3 1 2.4K
avatar
Jamshidbek Izzatulloh | Blog
@Jamshidbek_Izzatulloh
02.05.2026 18:47
38
❤‍🔥 6
👍 2
🔥 1
12 1 2.3K
avatar
Jamshidbek Izzatulloh | Blog
@Jamshidbek_Izzatulloh
30.04.2026 17:46
77
❤‍🔥 25
🔥 10
4
💯 1
2 8 2.5K
avatar
Jamshidbek Izzatulloh | Blog
@Jamshidbek_Izzatulloh
30.04.2026 15:53
Bir inson bilan uchrashishni bir necha yildan beri orzu qilaman.

Ovozlarini eshitganda qalb taskin topadi, yurakning tub-tubiga yetib boradigan misralariga yuz marta eshitib ham to'yib bo'lmaydi.

Ularni bir kasb egasi deyish qiyin, sababi bir vaqtning o'zida ham faylasuf, ham shoir, ham jurnalist.

Balki unday emasdir, lekin ularning eng katta muhlislari o'zim bo'lsam kerak deb o'ylayman. Har bitta she'rlarini o'qib, eshitib, katta qismini yoddan bilaman.

Ko'rishish va ular bilan suhbat qurish istagi bir necha yildan beri qiynaydi, va o'qishga ketishimdan oldin orzularim ro'yxatining eng boshiga uddalab bo'lmas topshiriqdek qo'shib qo'ygan edim.

Bugun esa shu orzuga yaqindekman. Bu orzuyim ushalsa albatta siz bilan ham ulashaman.

Kim deb o'ylaysiz?
@Jamshidbek_Izzatulloh
❤‍🔥 25
🔥 6
👍 2
19 2.2K
avatar
Jamshidbek Izzatulloh | Blog
@Jamshidbek_Izzatulloh
28.04.2026 15:50
Universitetimdan xonadosh qidiryapman.

O'tgan yili juda yaxshi xonadosh nasib qilgandi. Vaqtida ulgurib borishimga rossa yordam bergandi, iloji bo'lmaganiga, birga turolmaganimizga xafa bo'lgandik.

Bu yil endi u bilan turolmayman, chunki birinchi kurslar birinchi kurslar bilan turishi shart.

O'ntacha odamni profilini ko'rib, shaxsiydan yozib chiqdim. Endi ular bilan Zoom orqali gaplashib chiqaman birma-bir.

Nima savollarni so'rashni maslahat berasiz? Moslikni aniqlash uchun nima savol so'ragan bo'lardiz?

Xonadosh bo'lish uchun, hozircha
@Jamshidbek_Izzatulloh.
❤‍🔥 34
12
👍 5
🔥 3
35 2 2.5K
avatar
Jamshidbek Izzatulloh | Blog
@Jamshidbek_Izzatulloh
21.04.2026 07:22
Amerikalik Psixolog, behaviorism falsafasi asoschisi John B Watson'dan juda qiziq va baxs-munozaraga sabab bo'la oladigan iqtibos.

"Menga 12 ta sog'lom, yaxshi shakllangan chaqaloq va ularni o'zim istagan muhitda tarbiyalash imkonini bering, va men sizga kafolatlaymanki, ulardan istalganini tanlab, o'zim tanlagan mutahasislikka tayyorlay olaman -- shifokor, huquqshunos, rassom, savdogar, va hattoki tilanchi va o'g'rilikka ham. Uning talanti, moyilligi, qobiliyatlari, iqtidori va ajdodlarining irqidan qat'iy nazar."

Psixologiyada "nature vs nurture" degan tushuncha bor. "Tabiyat yoki tarbiya". Watson shu tanlovda butkul tarbiyani tanlagan. Ya'ni genning ahamiyatini nisbatan past yoki yo'q deb hisoblagan.

Man o'zim bu masalada fikr bildirishimga hali ancha erta, lekin kuzatuvlarimga ko'ra, Watsonning gapiga qo'shilaman. Genning ahamiyati bor, albatta, lekin chindan ham sog'lom bolani to'g'ri yondashuv bilan istalgan kasb mutahasisligiga yo'naltirish mumkin.

@Jamshidbek_Izzatulloh
❤‍🔥 45
💯 20
16
👍 6
12 12 3.7K
avatar
Jamshidbek Izzatulloh | Blog
@Jamshidbek_Izzatulloh
19.04.2026 16:40
Nimadir mahsulotni tavsiya qilsak ertasi kuni do'konlardan tugab ketadigan darajaga chiqarmikinmiz?

Yaxshilikka hizmat qilsa shunaqa influence ni bo'lgani yaxshi.

Rostan, knopkali telefonga o'tvoramizmi ommaviy? Man boshladim!

@Jamshidbek_Izzatulloh
❤‍🔥 61
14
👍 10
8
🔥 2
👏 2
🕊 1
16 8 3.3K

Jamshidbek Izzatulloh | Blog

3.5K
O'z sohamdagi Amerikadagi eng nufuzli universitetga to'liq grant bilan kirganman.

Miya ilmi va Erta Yoshdagi Ta'lim talabasiman.

Fikrlarim va tajribalarim bilan ulashib boraman.
Открыть в Telegram