Xonadosh tanladim. Asosiy kriteriya - erta uxlash. O'qishda qat'iy uyqu rejimiga amal qilishni niyat qilganman, va xonadosh tanlashda bir xil vaqtda uxlash juda muhim. Qolgan e'tibor berganlarim esa qiziqishlari, sohasi, va albatta dini.
Tasodifni qarangki, bu safar ham kelib chiqishi Pokistondan bo'lgan, va Amerikada katta bo'lgan bola ekan. Qizig'i - ko'rinishi g'irt O'zbek. O'ziga ham ayttim.
Vandy da Molecular Biology va Data Science o'qimoqchi. Manam Data Science ni minor qilib o'qishni reja qilgandim. Umumiy qiziqishlarimiz ko'p ekan. Masalan, futbol. U ham futbol jinnisi ekan. Ham o'ynash, ham ko'rish va muhokama qilish.
Xonadoshim bilan yaqin do'st bo'lishni niyat qildim. Barakasini bersin.
Yana bir yangilik, Vandy da man kutganimdan ko'proq o'zbeklar bor ekan. Kelib chiqishi o'zbek, lekin Amerikada katta bo'lganlar. Hozircha adashmasam 7 ta o'zbek ekanmiz. Lekin O'zbekistondan topshirgan bitta o'zim.
Eng qizig'i, o'sha o'zbeklardan biri shu universitetni o'zidagi o'zbek qizga uylanayotgan ekan. Yozda to'y qilgani kelisharkan O'zbekistonga. Havas qilarli.
Kuzda borganimda O'rta Osiyolik o'quvchilar Jamiyatini ochmoqchimisiz. Aytishlaricha Nashvilleda o'zbeklar juda ko'p ekan. Ular bilan uchrashuvlar, tadbirlar uyushtirishni niyat qilganman. O'zi oson qilsin.
@Jamshidbek_Izzatulloh
Обсуждение 22
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram