avatar
Jamshidbek Izzatulloh | Blog
@Jamshidbek_Izzatulloh
21.04.2026 07:22
Amerikalik Psixolog, behaviorism falsafasi asoschisi John B Watson'dan juda qiziq va baxs-munozaraga sabab bo'la oladigan iqtibos.

"Menga 12 ta sog'lom, yaxshi shakllangan chaqaloq va ularni o'zim istagan muhitda tarbiyalash imkonini bering, va men sizga kafolatlaymanki, ulardan istalganini tanlab, o'zim tanlagan mutahasislikka tayyorlay olaman -- shifokor, huquqshunos, rassom, savdogar, va hattoki tilanchi va o'g'rilikka ham. Uning talanti, moyilligi, qobiliyatlari, iqtidori va ajdodlarining irqidan qat'iy nazar."

Psixologiyada "nature vs nurture" degan tushuncha bor. "Tabiyat yoki tarbiya". Watson shu tanlovda butkul tarbiyani tanlagan. Ya'ni genning ahamiyatini nisbatan past yoki yo'q deb hisoblagan.

Man o'zim bu masalada fikr bildirishimga hali ancha erta, lekin kuzatuvlarimga ko'ra, Watsonning gapiga qo'shilaman. Genning ahamiyati bor, albatta, lekin chindan ham sog'lom bolani to'g'ri yondashuv bilan istalgan kasb mutahasisligiga yo'naltirish mumkin.

@Jamshidbek_Izzatulloh
❤‍🔥 45
💯 20
16
👍 6
12 12 3.7K

Обсуждение 12

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Jamshidbek Izzatulloh | Blog

3.5K
O'z sohamdagi Amerikadagi eng nufuzli universitetga to'liq grant bilan kirganman.

Miya ilmi va Erta Yoshdagi Ta'lim talabasiman.

Fikrlarim va tajribalarim bilan ulashib boraman.
Открыть в Telegram