Bir inson bilan uchrashishni bir necha yildan beri orzu qilaman.
Ovozlarini eshitganda qalb taskin topadi, yurakning tub-tubiga yetib boradigan misralariga yuz marta eshitib ham to'yib bo'lmaydi.
Ularni bir kasb egasi deyish qiyin, sababi bir vaqtning o'zida ham faylasuf, ham shoir, ham jurnalist.
Balki unday emasdir, lekin ularning eng katta muhlislari o'zim bo'lsam kerak deb o'ylayman. Har bitta she'rlarini o'qib, eshitib, katta qismini yoddan bilaman.
Ko'rishish va ular bilan suhbat qurish istagi bir necha yildan beri qiynaydi, va o'qishga ketishimdan oldin orzularim ro'yxatining eng boshiga uddalab bo'lmas topshiriqdek qo'shib qo'ygan edim.
Bugun esa shu orzuga yaqindekman. Bu orzuyim ushalsa albatta siz bilan ham ulashaman.
Kim deb o'ylaysiz?
@Jamshidbek_Izzatulloh
Обсуждение 19
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram