Jamshidbek Izzatulloh | Blog
Bir inson bilan uchrashishni bir necha yildan beri orzu qilaman.
Ovozlarini eshitganda qalb taskin topadi, yurakning tub-tubiga yetib boradigan misralariga yuz marta eshitib ham to'yib bo'lmaydi.
Ularni bir kasb egasi deyish qiyin, sababi bir vaqtning o'zida ham faylasuf, ham shoir, ham jurnalist.
Balki unday emasdir, lekin ularning eng katta muhlislari o'zim bo'lsam kerak deb o'ylayman. Har bitta she'rlarini o'qib, eshitib, katta qismini yoddan bilaman.
Ko'rishish va ular bilan suhbat qurish istagi bir necha yildan beri qiynaydi, va o'qishga ketishimdan oldin orzularim ro'yxatining eng boshiga uddalab bo'lmas topshiriqdek qo'shib qo'ygan edim.
Bugun esa shu orzuga yaqindekman. Bu orzuyim ushalsa albatta siz bilan ham ulashaman.
Kim deb o'ylaysiz?
@Jamshidbek_Izzatulloh
Ushaldi.
Yarim soat o'zim alohida suhbatlashdim. Juda maroqli. Ishonish qiyin bo'ldi.
Shuncha yil ekran orqali ko'rib eshitgan odamim bilan bir davrada gaplashish butkul o'zgacha his bag'ishladi.
O'zlaridan jonli she'r eshitish ham hissiyotga boy bo'ldi.
Kechki ovqatga taklif qildim. Ertaga xabar oling dedilar. Bunga ham rozi bo'lsalar armonim yo'q :)
@Jamshidbek_Izzatulloh
Обсуждение 2
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram