6 yoshgacha 600 ta kitob?!
"Bolam kitobga qiziqmaydi" deb ko'p ota-onalar nolishganini ko'raman. Kitob o'qishga qiziqish maktab yoshidan boshlanmaydi. Bola tug'ilishi bilanoq bemalol kitobga yo'naltirsa bo'ladi.
Osmondagi bolalar ko'rsatuvida jiyanimning o'qigan kitoblari sonini aytganimga ishonmaganlar ko'p bo'lsa kerak. Shu mavzuda eng muhim tavsiyalar bilan ulashmoqchiman.
Birinchi o'rinda albatta muhit. Uyni bolalar kitoblari bilan to'ldirib yuborsak, bolani ko'rgan narsasi kitob bo'lsa, qiziqmaslikning iloji yo'q. Ayniqsa sifatli yoshiga mos bolalar kitobi juda qiziq va o'ziga tortish xususiyatiga ega.
Ikkinchidan, e'tibor! Kitob o'qishga o'zingiz qanchalar qiziqayotganizni ko'rsatsangiz farzandingiz ham sizga o'xshash uchun ham kitob o'qiydi. Buni bolalar psixologiyasida "modeling" deyiladi.
Uchinchidan kitobni yumush yoki vazifa sifatida emas, balki rag'bat, quvonch, hursandchilik hissi bilan imkoni boricha bog'lash kerak. Miyada kitobning ijobiy hissiyotlar bilan bog'lanishi, ya'ni "association" bo'lishi, bola o'sha ijobiy hisni sog'inganida yechimni kitobdan qidirishni boshlaydi.
Oxirgisi, va albatta eng muhimi, o'z yoshiga mos kitob tanlash. Kitob biroz qiyinlik qilsa bola tushunmagani uchun umidsizlanishi, yoki juda osonlik qilsa zeriktirishi mumkin. Shuning uchun albatta bolalar kitobi bo'yicha tajribali insondan tavsiya olish kerak.
Shaxsan o'zimiz foydalangan manbani tavsiya qilmoqchiman.
Mom&Me do'koni asoschisi Zarifa opadan so'nggi 2 yildan beri doimiy kitob sotib olamiz. Sizga ham kitob kerak bo'lsa endi bilasiz kimdan olishni.
Bolalarimizni kitobxon qilaylik. 10 yoshdan emas. Tug'ilganidan boshlab.
@Jamshidbek_Izzatulloh
Обсуждение 15
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram