avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
вчера, 17:39
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
вчера, 07:04
Oyiga 3 million so‘mdan 25 million so‘mgacha: Poytaxtdagi xususiy maktablarda narxlar qanday?

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda xususiy maktablarga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi. Ota-onalar farzandlari uchun nafaqat qulay sharoit, balki sifatli va individual yondashuvga asoslangan ta’limni ham izlamoqda. Davlat maktablarida sinflarda o‘quvchilar sonining ko‘pligi esa bu tanlovni yanada kuchaytirmoqda.

Ortiqib borayotgan talab ta’lim bozorida xususiy maktablar sonining ko‘payishiga ham olib kelmoqda. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi nodavlat maktablar soni bir yil ichida 21,1 foizga oshib, 551 taga yetgan. Xususiy maktablarning eng katta qismi Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida joylashgan. Toshkent shahrida 145 ta, Farg‘ona viloyatida esa 121 ta nodavlat maktab faoliyat yuritmoqda.

Quyida Toshkent shahridagi ayrim xususiy maktablarning 2026/2027 o‘quv yili uchun narxlarini keltiramiz.

➖ Global Elite School — oyiga 3,1 mln so‘mdan 4,1 mln so‘mgacha.

➖ Wisdom School — oyiga 4,4 mln so‘m.

➖ Intello School — oyiga 4,5 mln so‘mdan 6 mln so‘mgacha.

➖ Salam International School — oyiga 4,5 mln so‘mdan 7 mln so‘mgacha.

➖ Evrika — oyiga 4,6 mln so‘mdan 6,2 mln so‘mgacha.

➖ Lumos Mind — oyiga 4,8 mln so‘m.

➖ UK School of Tashkent — oyiga 5 mln so‘m.

➖ Nshtein School — oyiga 5 mln so‘m.

➖ Wise School — oyiga 5 mln so‘m.

➖ Rahimov School — oyiga 5,1 mln so‘mdan 6,5 mln so‘mgacha.

➖ Little Harvard — oyiga 5,2 mln so‘mdan 7 mln so‘mgacha.

➖ «Vselennaya znaniy» — oyiga 5,3 mln so‘m.

➖ Cool Kids — oyiga 5,5 mln so‘m.

➖ Al Beruniy International School — (ma’lumot tekshirilishi kerak).

➖ International Goldstars School — oyiga 5,9 mln so‘mdan 8,7 mln so‘mgacha.

➖ Euroasia School — oyiga 6 mln so‘m.

➖ Humo School Academy — oyiga 6 mln so‘mdan 7 mln so‘mgacha.

➖ Oriental School of Tashkent — oyiga 6 mln so‘m.

➖ Vosiq International School — oyiga 6,592 mln so‘mdan 8,652 mln so‘mgacha.

➖ Mezon Inspiring School — oyiga 6,9 mln so‘m.

➖ Smart School — davlat dasturi bo‘yicha oyiga 6,9 mln so‘m; Cambridge dasturi — oyiga $825–1 050.

➖ «Shkolnaya Akademiya» — oyiga 7 mln so‘m.

➖ Profi School — oyiga 7,222 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha.

➖ Happy Time — oyiga 7,8 mln so‘m.

➖ Diplomat International School — oyiga 7,9 mln so‘mdan 9,8 mln so‘mgacha.

➖ Sehriyo — oyiga 7,9 mln so‘m.

➖ Wunderkind Study — oyiga 8,4 mln so‘m.

➖ Bek School Future Education — oyiga 8,5 mln so‘m.

➖ Oxbridge International School — oyiga 8,5 mln so‘mdan 25 mln so‘mgacha.

➖ Intellect — oyiga 8,6 mln so‘m.

➖ Leader School — oyiga 9,6 mln so‘mdan 12,5 mln so‘mgacha.

Yillik to‘lovli maktablar:

➖ International Talent Academy — yiliga 133,5 mln so‘mdan 207,5 mln so‘mgacha.

➖ Westminster International School — yiliga 155,05 mln so‘mdan 262,3 mln so‘mgacha.

➖ The British School — yiliga 173,28 mln so‘mdan 328,444 mln so‘mgacha.

➖ Invento the Uzbek International School — yiliga 178,8 mln so‘mdan 246 mln so‘mgacha.

➖ Cambridge International School — yiliga 208,818 mln so‘mdan 323,001 mln so‘mgacha.

➖ Tashkent International School — yiliga $23 000 dan $33 000 gacha.


Eslatma: ayrim maktablarda narx sinf, ta’lim dasturi, ta’lim tili yoki filialga qarab farq qiladi. Kirish va ro‘yxatdan o‘tish badallari o‘qish to‘lovidan alohida bo‘lishi mumkin.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
🔥 2
4 314
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
вчера, 04:32
#bepul_obuna

“Yoshlar ovozi” gazetasining 2026-yil 12-avgustdagi 20-sonini taqdim etamiz:

Soxta axborotlarga qarshi immunitet

Bandlik va tashabbuskorlik mahalla rivojining bosh omili

Biohaking: Insoniyat oʻzini qayta yarata oladimi?

Avans emas, boʻnak


Yuklab olish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
👍 2
🔥 2
👌 1
4 289
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
11.08.2026 14:55
Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Prezident farmoniga ko‘ra, 31-avgust – dushanba kuni ish haftasining turidan qat’iy nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan.

Shunga muvofiq, haftasiga 5 kun ishlovchilar Mustaqillik bayramida ketma-ket to‘rt kun (29-avgust – 1-sentabr), 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun (30-avgust – 1-sentabr) dam oladi.

29-avgust, shanba – odatiy ish yoki dam olish kuni
30-avgust, yakshanba – odatiy dam olish kuni
31-avgust, dushanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni
1-sentabr, seshanba – Mustaqillik bayrami kuni

2-sentabr, chorshanba – barcha uchun odatiy ish kuni.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
1
👍 1
8 314
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
11.08.2026 09:18
Muvaffaqiyatli koʻrinish muvaffaqiyatdan afzalroqmi?

XX asr boshida amerikalik iqtisodchi va sotsiolog Torsteyn Veblen jamiyatdagi qiziq bir hodisani kuzatgan. Odamlar ayrim buyumlarni ularning foydasi uchunmas, boshqalarga oʻz mavqeyini namoyish qilish uchun xarid qiladi. Veblen bu hodisani “namoyishkorona isteʼmol” deb atagan. Uning fikricha, boylik faqat mavjud boʻlishi yetmaydi, u koʻrinishi ham kerak. Chunki jamiyat insonning mehnatidan ko‘ra uning tashqi belgilarini baholashga moyil.

Oradan bir asrdan ortiq vaqt oʻtdi, Veblen tasvirlagan hodisa yangi bosqichga koʻtarildi. Boylikni ijtimoiy tarmoqlar minglab, millionlab odamlarga namoyish qilish imkonini berdi. Zamonaviy tadqiqotlar ham Instagram* va boshqa platformalar tobora koʻproq ijtimoiy mavqe va oʻzini namoyon qilish vositasiga aylanayotganini koʻrsatgan.

Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/muvaffaqiyat

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
🔥 1
🤔 1
💯 1
331
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
10.08.2026 06:58
Gʻamxoʻr ota boʻlish qiyinmi? Yoki tabiat  yaratgan, jamiyati oʻldirgan instinkt

Chaqaloq yig‘lasa, uni onasiga uzatish, tungi parvarishni ayolning vazifasi deb bilish, otaning rolini esa faqat oila tebratuvchi va daromad topuvchi sifatida tasavvur qilish odatiy tusga kirgan. Ammo zamonaviy neyrobiologiya, endokrinologiya va rivojlanish psixologiyasi bu tasavvurlarni qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda. ​So‘nggi tadqiqotlar ko‘rsatadiki, mehribon va g‘amxo‘r ota bo‘lish shunchaki zamonaviy madaniyat mahsuli yoki “xotiniga rahm qilish” emas. Bu erkak organizmi va miyasida inson evolyutsiyasi davomida dasturlashtirilgan chuqur, fundamental biologik jarayondir.


Biroq erkakdagi biologik imkoniyat avtomatik ravishda ishga tushmaydi. Uni faollashtiradigan yagona narsa – ishtirok. Chaqaloqni qo‘lga olish, tagligini almashtirish, tunlari uni ovutish, sayr qildirish, u bilan yolg‘iz qolish. Mana shu oddiy ko‘rinadigan harakatlar erkak miyasida yangi neyron aloqalarni mustahkamlaydi. Agar ota turli sabablar (ish, ijtimoiy stereotiplar yoki oiladagi vazifalar taqsimoti) tufayli bola parvarishidan chetda qolsa, tabiat yaratgan bu biologik salohiyat to‘liq namoyon bo‘lmasligi mumkin.

Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/instinkt

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
2
👍 2
👏 2
🤔 2
👌 1
1 356
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
07.08.2026 05:05
#yetakchi_tajribasi

SULUVQO‘RG‘ON – 5 KARRA CHEMPION

Mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan. Mini futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, kitobxonlik tanlovlari va musiqiy kechalar muntazam o‘tkaziladi.

Natijalar esa e’tiborga molik. Suluvqo‘rg‘on yoshlari “Besh tashabbus olimpiadasi”ning tuman bosqichlarida 32 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ushbu natija bilan mahalla Samarqand viloyatida birinchi, respublika miqyosida esa uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Eng e’tiborlisi, mahalla yoshlari shu kungacha besh marotaba respublika chempioni bo‘lgan. Yutuqlar evaziga mahallada universal sport maydoni va vorkout majmuasi qurib berildi.

Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/suluvqorgon

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
🔥 8
👏 3
2
👍 2
🤔 1
5 6 1.5K
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
06.08.2026 07:45
Doʻkonlardagi xarid cheklari hatto saratonni keltirib chiqarishi mumkin

Do‘konda to‘lov qilganimizdan so‘ng kassir uzatgan chekni olib, sumkaga yoki cho‘ntakka solib qo’yamiz. Ammo shifokorlar aytishicha, bu oddiy odat aslida sog‘lig‘imizga zarar yetkazishi mumkin.

Zararli kimyoviy modda
Aksariyat cheklar termoqog‘ozda bosiladi. Bu qog‘ozda bisfenol A (BPA) deb ataladigan kimyoviy modda bor. U teri orqali oson kiradi va inson tanasidagi gormonlar tizimiga ta’sir qilishi mumkin.

Dermatolog Irina Baranovaning tushuntirishicha, bisfenol A bu endokrin buzuvchi modda, ya’ni u gormonlar muvozanatini izdan chiqaradi. Uning ta’siri ayol gormoni estrogenga o‘xshash. Shu sababli BPA uzoq muddat tanada to‘planib borsa, turli gormonal muammolarga sabab bo‘ladi.

Ayniqsa kassir va ofitsiantlar uchun xavfli

“Ayniqsa, doim cheklar bilan ishlaydigan kassirlar yoki ofitsiantlar uchun xavfli. Ular har kuni termoqog‘oz bilan ishlaydi, natijada bu modda organizmda asta-sekin yig‘ilib boradi,” deydi shifokor Baranova.


Onkologik kasalliklar xavfi oshadi
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bisfenol ta’siridan ayollarda hayz siklining buzilishi, bepushtlik xavfining ortishi, sut bezlari kasalliklari kuzatilishi mumkin. Erkaklarda esa testosteron darajasi pasayadi, umumiy gormonal disbalans paydo bo‘ladi. Shuningdek, uzoq muddat BPA dan foydalanish onkologik kasalliklar xavfini oshiradi.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
😱 3
🤔 1
😭 1
1 4 640
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
05.08.2026 08:32
Yoshlar kredit to‘lovini eng ko‘p kechiktiradigan qatlam ekani maʼlum boʻldi

Kredit to‘lovlarini kechiktirish bo‘yicha eng xavfli guruh — 20–30 yoshli erkaklar bo‘lib chiqdi. Markaziy bank tadqiqotiga ko‘ra, muammoli shartnomalarning 53,4 foizi aynan 20–35 yoshdagi qarz oluvchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ayniqsa, 20–25 yoshli (22,8%) va 25–30 yoshli (20,9%) erkaklarda to‘lov uzilishlari eng yuqori ko‘rsatkichda.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 1 ta krediti borlarda kechiktirish 19,1 foizni tashkil etsa, 10 va undan ortiq shartnomasi borlarda bu raqam 45,3 foizga yetmoqda.

Bunday muammoli “qarz zanjiri”ning paydo bo‘lishiga onlayn-kreditlarning haddan tashqari osonligi, moliyaviy savodxonlikning yetishmasligi va ijtimoiy bosim ostida qilingan shoshma-shosharlik xaridlari sabab bo‘lmoqda.


Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
1
👍 1
🤔 1
3 493
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
05.08.2026 05:04
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
05.08.2026 05:04
#bepul_obuna

“Yoshlar ovozi” gazetasining 2026-yil 5-avgustdagi 19-sonini taqdim etamiz:

Muammolar mahallada yechilmoqda

Jalpaq jap ishsizlik va jinoyatchilikdan xoli hudud

Xususiylashtirish: yopiq kelishuvlar va ochiq savollar

Muvaffaqiyatli koʻrinish muvaffaqiyatdan afzalroqmi

“Zerikishga qasida”


Yuklab olish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
4
🔥 1
6 541
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
04.08.2026 05:20
Har uchinchi abituriyent minimal ballni to‘play olmadi

DTMSTAT sun’iy intellekt bazasining so‘nggi tahlillari shuni ko‘rsatdiki, bu yil imtihonda qatnashgan har uchinchi abituriyent hatto eng quyi minimal talabni ham bajara olmagan.

O‘tkazilgan test sinovlarida qariyb 622 ming nafar abituriyent ishtirok etgan. Tahlillarga ko‘ra, ularning 37,6 foizi, ya’ni 234 072 nafari oliy ta’limga kirish uchun belgilangan eng kam 56,7 ballni to‘plash imkoniyatiga ega bo‘lmadi.

Hozircha ushbu 37,6 foizlik ko‘rsatkichning o‘tgan yilgi natijalarga nisbatan qay darajada o‘zgargani borasida aniq ma’lumotlar mavjud emas.

Bizning manzil: @yoshlarovozi
😁 4
😴 2
😢 1
🤪 1
1 2 609
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
03.08.2026 13:40
Nogironligi boʻlgan shaxslarga kirish va sertifikat imtihonlarida qoʻshimcha vaqt berilishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan hamda odam savdosidan jabrlangan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, imtiyozli transport xizmatlarini raqamlashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.


Qayd etilishicha, bugungi kunda mamlakatimizda nogironligi boʻlgan 168 mingdan ortiq bola bor. Ularning 133,8 ming nafari taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olingan. Yana 34,6 ming nafar bolani taʼlimga jalb etish zarur.

Nogironligi boʻlgan bolalarning uyiga yaqin joyda taʼlim olishiga sharoit yaratish maqsadida korreksion sinflar tashkil etgan nodavlat maktablarga har bir oʻquvchi uchun subsidiya ajratiladi. Har yili kamida 50 ta maktabning inklyuziv muhitni yaxshilashga qaratilgan tashabbuslari grant asosida moliyalashtiriladi.

2027-yildan bolalarni matnni oʻqish qurilmalari, ovoz sintezatorlari, Brayl displeylari va boshqa assistiv jihozlar bilan vaucher asosida taʼminlanadi. 2027/2028-oʻquv yilidan esa nogironligi boʻlgan shaxslarga kirish va sertifikat imtihonlarida qoʻshimcha vaqt, Brayl alifbosi, surdotarjimon, assistent va boshqa zarur sharoitlar yaratiladi.

Bizning manzil: @yoshlarovozi
2
👏 1
👌 1
1 522
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
03.08.2026 06:13
#dolzarb

O‘zbekistonlik yoshlar necha yilda uy sotib olishi mumkin?

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida respublika bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal ish haqi 7,091 million so‘mni tashkil etdi, Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 12,013 million so‘m.

Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazining 2026-yil iyuldagi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarda xonadonlarning o‘rtacha narxi bir kvadrat metr uchun 16,5 million so‘mni tashkil etadi. Markaziy tumanlar – Shayxontohur, Mirobod, Yakkasaroyda narxlar 20–25 million so‘mgacha yetadi. Ochiq bozor e’lonlari tahlil qilinsa, yangi qurilgan uylarda kvadrat metr uchun narx 90 million so‘mgacha yetishi mumkin.

Demak, yosh oila 54 kvadrat metrli ikki xonali uy sotib olmoqchi bo‘lsa (Toshkentdagi o‘rtacha narxda), bu taxminan 890 million so‘mga to‘g‘ri keladi. Toshkentdagi o‘rtacha oylik maosh to‘lig‘icha – boshqa hech narsaga sarflanmasdan jamg‘arilsa ham, uyni olish uchun taxminan 6,5 yil kerak bo‘ladi. Respublika bo‘yicha o‘rtacha maoshda esa bu muddat 10 yildan oshadi. Oila kundalik xarajatlarini ham qoplash kerakligini hisobga olsak, real muddat ikki-uch baravar uzayadi.


Batafsil:
https://yoshlarovozi.uz/oz/news/uyli

Bizning manzil: @yoshlarovozi
🤯 6
🤬 3
👎 1
💯 1
🤓 1
2 507
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
31.07.2026 13:19
O‘zbekistonda stipendiyalar miqdorini oshirish taklif qilindi

Mamlakatda talabalar olayotgan stipendiya kundalik xarajatlarga yetmayotgani bois to‘lov miqdorini oshirish zarur. Bu taklif 30-iyul kuni Toshkent shahrida o‘tgan fiskal muloqotda bildirildi. Maʼlum qilinishicha, hozirgi stipendiya tizimida qator muammolar mavjud.

Bugun 1,6 million nafar talabaning atigi 118 ming nafari yoki 7,3 foizi stipendiya olmoqda. Bazaviy stipendiya esa minimal isteʼmol xarajatlaridan past va talabaning ijtimoiy holatini yetarli darajada hisobga olmaydi. Bu degani, stipendiya talabaning kundalik xarajatlarini qoplashga yetmayapti.

“Manzilli stipendiya qo‘llab-quvvatlovini joriy etish va stipendiya miqdorini minimal isteʼmol xarajatlari darajasigacha oshirish muhim. Shu bilan birga, turar joy ijarasi uchun subsidiyalarni saqlash, vazirliklar, idoralar va ish beruvchilarga ham to‘lanadigan stipendiyalarni kengaytirish taklif etiladi”, deydi institut masʼullari.


Bizning manzil: @yoshlarovozi
2
🔥 2
🎉 1
2 607
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
31.07.2026 06:48
Toʻrt kunlik ish haftasi xodimlar salomatligini yaxshilaydi va daromad hajmi oshadi

Xalqaro sotsiologlar guruhi tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli tadqiqot xulosasiga ko‘ra, to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tgan kompaniyalarda ish unumdorligi oshadi, xodimlar salomatligi yaxshilanadi va daromad hajmi ham oshadi.

Tajriba 4 Day Week Global notijorat tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, unda AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Irlandiyadan jami 140 dan ortiq kompaniya ishtirok etgan. Ular olti oy davomida xodimlarini haftasiga 40 emas, 32 soat ishlashga o‘tkazgan, ularning ish haqi esa o‘zgartirilmay qoldirilgan.

Dastlabki ikki bosqichda 33 ga yaqin kompaniya ishtirok etdi. Tadqiqot tugagach, kompaniyalarning birorta xodimi to‘rt kunlik ish haftasidan voz kechishni istamadi. Korxonalar faoliyatida esa ish unumdorligi oshgani va daromad miqdori ko‘paygani qayd etildi. Bu orada xodimlar stress, charchoq holatlarining kamayganini va sog‘lig‘i yaxshilanganini aytdi.


Dastlab to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tishning ilk kunlarida xodimlar vazifalari biroz ko‘paydi, ammo bunga javoban ko‘plab kompaniyalar ortiqcha yig‘ilishlardan voz kechib, o‘rniga telefon qo‘ng‘iroqlari va messenjerlar yozishmalari orqali ko‘plab masalalarni hal qila oldi.

Qo‘shimcha dam olish kunlarini esa xodimlar oila, shaxsiy yumushlar, tibbiy ko‘riklar, uy ishlari yoki sevimli mashg‘ulotlariga bag‘ishladi. Bunday tartib ish va hayot muvozanatini yaxshilashga, stress va charchoqni kamaytirishga turtki bo‘lgan.

Bizning manzil: @yoshlarovozi
3
5 646
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
29.07.2026 13:14
Yangi o‘quv yilidan talabalarni baholash va imtihon olish butunlay o‘zgaradi

Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, 2026/2027 o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilishning yangi tartibi joriy etilishi kutilmoqda.

➖ Yakuniy nazorat imtihonlarini ovozli va video kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o'tkazish tizimi joriy etiladi.

➖ O'tkaziladigan yakuniy nazorat turlarini keng jamoatchilik uchun oliy ta'lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytidagi havola orqali bevosita onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi.

➖ Yakuniy nazorat imtihonlari savollarini shakllantirishda talaba bilim va ko'nikmalarini chuqur tahlil qilish imkonini beruvchi yozma topshiriqlarning aniq mezonlari ishlab chiqiladm hamda professor-o'qituvchilar tomonidan baholashda izoh yozish tizimi joriy etiladi.

➖ Yakuniy nazorat imtihonlari vaqtida uyali aloqa vositalari, mikroquloqchin, kompyuter hamda ko'chirmachilikka sabab bo'ladigan har qanday vositalarni olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi. Bunday holat videokuzatuv orqali keyinchalik aniqlansa ham, imtihon natijasi bekor qilinadi.

➖ Yakuniy nazorat imtihonlariga talabalar pasport, ID karta, talabalik guvohnomasi yoki haydovchilik guvohnomasini ko'rsatgan holda kiritiladi.

➖ Imtihon boshlanganidan keyin kechikib kelgan talabalar imtihonda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi. Uzrli sabablarsiz auditoriyadan chiqqan talabalar ham imtihonga qayta qo'yilmaydi.

➖ Har bir kafedra fan bo'yicha baholash rubrikalari (mezonlar matrisasi)ni ishlab chiqadi va ular o'quv dasturida aks ettiriladi.

➖ Har bir fan bo'yicha talabaning o'zlashtirishi 100 ballik tizimda baholanadi. Ball joriy nazorat uchun — 30, oraliq nazorat uchun — 20, yakuniy nazorat uchun — 50 ball qilib taqsimlanadi.

➖ Joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biri bo'yicha maksimal ballning 60 foizi saralash bali etib belgilanadi. Joriy yoki oraliq nazoratdan saralash balini to'plamagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

➖ Akademik guruh uchun bir kunda bittadan ortiq yakuniy nazorat o'tkazilishiga yo'l qo'yilmaydi. Yakuniy nazoratlar kamida bir kun oralig'ida belgilanadi.

➖ Yakuniy nazorat natijalari bo'yicha qoniqarsiz ball olgan talabaga semestr yakunida ikki hafta muddatda bir marta bepul qayta topshirish imkoniyati beriladi.

➖ Semestr va o'quv yili yakunida akademik qarzdorligi mavjud talabalar o'qishdan chetlashtirilmaydi. Ular faqat qarzdor bo'lgan fanlarni qayta o'zlashtirib, shu fanlar uchun shartnoma mablag'ini to'laydi.

➖ Akademik qarzdor talabalar uchun yozgi semestr tashkil etilishi mumkin. YOzgi semestrda qayta o'qish faqat to'lov asosida amalga oshiriladi (bir marta bepul qayta topshirish holati bundan mustasno).

➖ Talaba baholash natijasidan norozi bo'lsa, baholash muddati yakunlanganidan keyin 48 soat ichida apellyasiya berish huquqiga ega. Apellyasiya komissiyasi shikoyatni 2 ish kuni ichida ko'rib chiqadi.


Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
🤔 2
1
👌 1
🤨 1
😴 1
18 815
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
29.07.2026 04:11
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
29.07.2026 04:11
#bepul_obuna

“Yoshlar ovozi” gazetasining 2026-yil 29-iyuldagi 18-sonini taqdim etamiz:

600+ murojaat joyida ijobiy hal etildi

Suluvqo‘rg‘on — 5 karra chempion

Kasbiy taʼlimda “Samarqand effekti”

Oʻzbekistonlik yoshlar necha yilda uy sotib olishi mumkin?

G‘amxo‘r ota boʻlish qiyinmi?


Yuklab olish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
🔥 3
1
🕊 1
5 715
avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
27.07.2026 06:47
CV va rezyume oʻrtasidagi farq haqida nimalarni bilasiz?

Ish qidirishda to‘g‘ri hujjat tayyorlash muvaffaqiyatga erishishda muhim omil hisoblanadi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan ikki hujjat — CV va rezyume o‘rtasida farq mavjud. Buni bilarmidingiz?

CV (Curriculum Vitae) — bu batafsil tarjimai hol bo‘lib:
Ilmiy yoki akademik lavozimlar uchun;
Magistratura, doktorantura va grant dasturlariga hujjat topshirishda talab etiladi.
CVda: to‘liq ta’lim, ish tajribasi, ilmiy maqolalar, sertifikatlar, til va texnik ko‘nikmalar keltirilgan bo‘ladi. Hajmi: 2–5 sahifa yoki undan ko‘p.

Rezyume — bu ish beruvchiga qisqa va aniq ma’lumot taqdim etuvchi hujjat bo‘lib:
Xususiy kompaniya, bank va korxonalarga ishga joylashishda ishlatiladi.
Rezyumeda faqat tegishli ish tajribasi, asosiy ko‘nikmalar va qisqacha ta’lim ma’lumotlari beriladi. Hajmi 1–2 sahifa bo'ladi.

Ishga hujjat topshirishdan avval, aynan qaysi turdagisi talab qilinayotganini aniqlang va unga mos tarzda tayyorlang. Bu yondashuv sizning professionalligingizni ko‘rsatadi.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
👍 2
13 1K

Yoshlar ovozi

3K
✅ “Yoshlar ovozi” gazetasining telegramdagi rasmiy kanali

🔖 Ijodiy ishlaringiz, taklif va murojaatlaringizni @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuborishingiz mumkin

• www.yoshlarovozi.uz
Открыть в Telegram