Nogironligi boʻlgan shaxslarga kirish va sertifikat imtihonlarida qoʻshimcha vaqt berilishi mumkin
Prezident Shavkat Mirziyoyev alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan hamda odam savdosidan jabrlangan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, imtiyozli transport xizmatlarini raqamlashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda mamlakatimizda nogironligi boʻlgan 168 mingdan ortiq bola bor. Ularning 133,8 ming nafari taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olingan. Yana 34,6 ming nafar bolani taʼlimga jalb etish zarur.
Nogironligi boʻlgan bolalarning uyiga yaqin joyda taʼlim olishiga sharoit yaratish maqsadida korreksion sinflar tashkil etgan nodavlat maktablarga har bir oʻquvchi uchun subsidiya ajratiladi. Har yili kamida 50 ta maktabning inklyuziv muhitni yaxshilashga qaratilgan tashabbuslari grant asosida moliyalashtiriladi.
2027-yildan bolalarni matnni oʻqish qurilmalari, ovoz sintezatorlari, Brayl displeylari va boshqa assistiv jihozlar bilan vaucher asosida taʼminlanadi. 2027/2028-oʻquv yilidan esa nogironligi boʻlgan shaxslarga kirish va sertifikat imtihonlarida qoʻshimcha vaqt, Brayl alifbosi, surdotarjimon, assistent va boshqa zarur sharoitlar yaratiladi.
Bizning manzil: @yoshlarovozi
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram