avatar
Yoshlar ovozi
@yoshlarovozi
29.07.2026 13:14
Yangi o‘quv yilidan talabalarni baholash va imtihon olish butunlay o‘zgaradi

Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, 2026/2027 o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilishning yangi tartibi joriy etilishi kutilmoqda.

➖ Yakuniy nazorat imtihonlarini ovozli va video kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o'tkazish tizimi joriy etiladi.

➖ O'tkaziladigan yakuniy nazorat turlarini keng jamoatchilik uchun oliy ta'lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytidagi havola orqali bevosita onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi.

➖ Yakuniy nazorat imtihonlari savollarini shakllantirishda talaba bilim va ko'nikmalarini chuqur tahlil qilish imkonini beruvchi yozma topshiriqlarning aniq mezonlari ishlab chiqiladm hamda professor-o'qituvchilar tomonidan baholashda izoh yozish tizimi joriy etiladi.

➖ Yakuniy nazorat imtihonlari vaqtida uyali aloqa vositalari, mikroquloqchin, kompyuter hamda ko'chirmachilikka sabab bo'ladigan har qanday vositalarni olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi. Bunday holat videokuzatuv orqali keyinchalik aniqlansa ham, imtihon natijasi bekor qilinadi.

➖ Yakuniy nazorat imtihonlariga talabalar pasport, ID karta, talabalik guvohnomasi yoki haydovchilik guvohnomasini ko'rsatgan holda kiritiladi.

➖ Imtihon boshlanganidan keyin kechikib kelgan talabalar imtihonda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi. Uzrli sabablarsiz auditoriyadan chiqqan talabalar ham imtihonga qayta qo'yilmaydi.

➖ Har bir kafedra fan bo'yicha baholash rubrikalari (mezonlar matrisasi)ni ishlab chiqadi va ular o'quv dasturida aks ettiriladi.

➖ Har bir fan bo'yicha talabaning o'zlashtirishi 100 ballik tizimda baholanadi. Ball joriy nazorat uchun — 30, oraliq nazorat uchun — 20, yakuniy nazorat uchun — 50 ball qilib taqsimlanadi.

➖ Joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biri bo'yicha maksimal ballning 60 foizi saralash bali etib belgilanadi. Joriy yoki oraliq nazoratdan saralash balini to'plamagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

➖ Akademik guruh uchun bir kunda bittadan ortiq yakuniy nazorat o'tkazilishiga yo'l qo'yilmaydi. Yakuniy nazoratlar kamida bir kun oralig'ida belgilanadi.

➖ Yakuniy nazorat natijalari bo'yicha qoniqarsiz ball olgan talabaga semestr yakunida ikki hafta muddatda bir marta bepul qayta topshirish imkoniyati beriladi.

➖ Semestr va o'quv yili yakunida akademik qarzdorligi mavjud talabalar o'qishdan chetlashtirilmaydi. Ular faqat qarzdor bo'lgan fanlarni qayta o'zlashtirib, shu fanlar uchun shartnoma mablag'ini to'laydi.

➖ Akademik qarzdor talabalar uchun yozgi semestr tashkil etilishi mumkin. YOzgi semestrda qayta o'qish faqat to'lov asosida amalga oshiriladi (bir marta bepul qayta topshirish holati bundan mustasno).

➖ Talaba baholash natijasidan norozi bo'lsa, baholash muddati yakunlanganidan keyin 48 soat ichida apellyasiya berish huquqiga ega. Apellyasiya komissiyasi shikoyatni 2 ish kuni ichida ko'rib chiqadi.


Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
🤔 2
1
👌 1
🤨 1
😴 1
18 815

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Yoshlar ovozi

3K
✅ “Yoshlar ovozi” gazetasining telegramdagi rasmiy kanali

🔖 Ijodiy ishlaringiz, taklif va murojaatlaringizni @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuborishingiz mumkin

• www.yoshlarovozi.uz
Открыть в Telegram