Yoshlar kredit to‘lovini eng ko‘p kechiktiradigan qatlam ekani maʼlum boʻldi
Kredit to‘lovlarini kechiktirish bo‘yicha eng xavfli guruh — 20–30 yoshli erkaklar bo‘lib
chiqdi. Markaziy bank tadqiqotiga ko‘ra, muammoli shartnomalarning 53,4 foizi aynan 20–35 yoshdagi qarz oluvchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ayniqsa, 20–25 yoshli (22,8%) va 25–30 yoshli (20,9%) erkaklarda to‘lov uzilishlari eng yuqori ko‘rsatkichda.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 1 ta krediti borlarda kechiktirish 19,1 foizni tashkil etsa, 10 va undan ortiq shartnomasi borlarda bu raqam 45,3 foizga yetmoqda.
Bunday muammoli “qarz zanjiri”ning paydo bo‘lishiga onlayn-kreditlarning haddan tashqari osonligi, moliyaviy savodxonlikning yetishmasligi va ijtimoiy bosim ostida qilingan shoshma-shosharlik xaridlari sabab bo‘lmoqda.
Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram