Doʻkonlardagi xarid cheklari hatto saratonni keltirib chiqarishi mumkin
Do‘konda to‘lov qilganimizdan so‘ng kassir uzatgan chekni olib, sumkaga yoki cho‘ntakka solib qo’yamiz. Ammo shifokorlar aytishicha, bu oddiy odat aslida sog‘lig‘imizga zarar yetkazishi
mumkin.
Zararli kimyoviy modda
Aksariyat cheklar termoqog‘ozda bosiladi. Bu qog‘ozda bisfenol A (BPA) deb ataladigan kimyoviy modda bor. U teri orqali oson kiradi va inson tanasidagi gormonlar tizimiga ta’sir qilishi mumkin.
Dermatolog Irina Baranovaning tushuntirishicha, bisfenol A bu endokrin buzuvchi modda, ya’ni u gormonlar muvozanatini izdan chiqaradi. Uning ta’siri ayol gormoni estrogenga o‘xshash. Shu sababli BPA uzoq muddat tanada to‘planib borsa, turli gormonal muammolarga sabab bo‘ladi.
Ayniqsa kassir va ofitsiantlar uchun xavfli
“Ayniqsa, doim cheklar bilan ishlaydigan kassirlar yoki ofitsiantlar uchun xavfli. Ular har kuni termoqog‘oz bilan ishlaydi, natijada bu modda organizmda asta-sekin yig‘ilib boradi,” deydi shifokor Baranova.
Onkologik kasalliklar xavfi oshadi
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bisfenol ta’siridan ayollarda hayz siklining buzilishi, bepushtlik xavfining ortishi, sut bezlari kasalliklari kuzatilishi mumkin. Erkaklarda esa testosteron darajasi pasayadi, umumiy gormonal disbalans paydo bo‘ladi. Shuningdek, uzoq muddat BPA dan foydalanish onkologik kasalliklar xavfini oshiradi.
Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram