ХAVFSIZLIK 🇺🇿
@xavfsizlik_uz
151 30.5K
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi, 1993 y.t. fuqaroga tegishli avtotransport vositasi hamda uning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada 1,1 kg “Alfa-PVP”, 1,9 kg “marixuana”, 65 gr “geroin”, 16 gr “5F-APINACA” giyohvandlik vositalari, shuningdek, narkotiklarni qadoqlashda foydalaniladigan zip paketlar va elektron torozi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, unga narkotik moddalarni “zakladka” usulida tarqatish bo‘yicha topshiriq bergan, 1988 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan ayol ham ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati Toyloq tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining bo‘linma boshlig‘i o‘zining mansabdor tanishlari orqali yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexi uchun sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib berish evaziga 9 mln so‘m talab qilgan.
Avvalroq 100 AQSH dollari va 500 ming so‘m olgan mazkur shaxs so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 400 AQSH dollari olgan vaqtida DXX, IJQKD va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kredit ajratish bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi.
Jumladan, xususiy aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Olmazor filiali bank xizmatlari markazi yuristi va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi 1979 y.t., muqaddam sudlangan shaxs o‘zaro til biriktirib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, uning nomiga 3,5 mln AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratib berishlarini aytishadi.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jumladan, “Bangkok – Sharja – Toshkent” aviayo‘nalishida mamlakatimizga kelgan 1994 y.t. Qozog‘iston Respublikasi fuqarosining qo‘l sumkalari Toshkent xalqaro aeroportida tekshiruvdan o‘tkazildi.
Natijada, 8 dona turli xil shirinliklar paketlari va 5 dona plastmassa idishlar ichida jami 4,4 kg “Mefedron” sintetik narkotik moddasi borligi aniqlandi.
So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, internetdagi narkodo‘kon boshqaruvchisi topshirig‘iga ko‘ra, ushbu ajal og‘usini poytaxtdagi mehmonxonalardan birida Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 2006 y.t. shaxsga bergan vaqtida u ham qo‘lga olindi.
Tekshiruv jarayonida mahalliy fuqaro yonida pnevmatik pistolet borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Davlat kadastrlari palatasining Buxoro viloyati boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi shaxs noqonuniy boylik orttirish maqsadida xizmat mavqeidan foydalanib, o‘zganing ishonchiga kirgan.
Mansabdor shaxs mahalliy fuqaro tomonidan 2015 yilda Romitan tumani hokimligi zaxirasidagi 65 m² yer maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilgan savdo va xizmat ko‘rsatish binosini hamda unga tutash bo‘lgan 35 m² bo‘sh yer uchastkasini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 2,5 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Qashqadaryo viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining Ko‘kdala tumani bo‘limi bosh mutaxassisi 1964 y.t. fuqaroga 2019 yilda Chiroqchi tumani hokimi qarori bilan ajratib berilgan 1 sotix yer maydonini Kadastrlar palatasi tizimida ishlovchi tanishlari orqali kadastr hujjatlarini tayyorlab, ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga 1 ming AQSH dollari talab qilgan.
DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan dala maydonida noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 4 kg “gashish” moddasi aniqlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashitirildi.
DXX Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Zarbdor tumanida yashovchi, 1981 y.t. shaxs Jizzax shahrida to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonida bo‘lgan xo‘jalik qopi ichida 4 kg 840 gr kannabis o‘simligi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida xorijdan olib kelingan katta miqdordagi giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi.
Jumladan, “Bangkok – Dehli – Toshkent” aviayo‘nalishida Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelib, “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan 2005 y.t. Qirg‘iz Respublikasi fuqarosiga tegishli chemodanlar o‘rnatilgan tartibda tekshiruvdan o‘tkazildi.
Natijada, ularning ichida bo‘lgan shampun idishlarda umumiy og‘irligi 11,8 kg. ni tashkil qiluvchi “gashish moyi” borligi aniqlandi.
So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu narkotik modda Yunusobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda qoldirilgach, uni olib ketish uchun kelgan vaqtida Chirchiq shahrida yashovchi, 2001 y.t. fuqaro ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, Tailand davlatidan olib kelinayotgan mazkur giyohvandlik vositalari mamlakatimiz orqali qo‘shni respublikaga yetkazilishi kerak bo‘lgan.
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar hamda Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Xorazm viloyatining Urganch tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2000 y.t., muqaddam sudlangan shaxs Rossiya Federatsiyasidan taksi orqali yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olgan vaqtida to‘xtatilib tekshirildi.
Natijada mazkur jo‘natma ichida 10 dona shokolad paketlariga qadoqlangan jami 967 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.
DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1988 y.t. shaxs o‘ziga tegishli yer maydonida 423 tup kannabis o‘simligini kelgusida sotish maqsadida yetishtirib kelayotganligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirildi.
Xususan, joriy yilning 12 iyun kuni mamlakatimizga kelgan Ukraina davlatining 1994, 1997 va 2001 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqarosi vaqtinchalik istiqomat qilayotgan Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi ikkita xonadon xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, poytaxtning turli manzillarida “zakladka” tarzida tarqatish uchun kichik bo‘laklarda tayyorlab qo‘yilgan narkotik moddalar borligi ma’lum bo‘ldi.
Aniqlanishicha, ular “gashish”, “mefedron” va “alfa-PVP” giyohvandlik vositalari hisoblanib, umumiy og‘irligi 1 kg 945 gr. ni tashkil etadi.
Shuningdek, internet narkodo‘kon tashkilotchilari tomonidan mazkur chet el fuqarolariga kelgusida qayta qadoqlab, poytaxt hududida tarqatishlari uchun xufiya joyda qoldirilgan jami 460 gr “mefedron” va “alfa-PVP” ham ashyoviy dalil sifatida olindi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1977 y.t., muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs mahalliy tadbirkordan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, u tadbirkor tomonidan Chilonzor tumanidagi 37 sotix yer maydonida nodavlat umumta’lim hamda maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishi rejalashtirilganidan xabar topgan.
Shaxsiy boylik orttirishni maqsad qilgan mazkur fuqaro ushbu hududda yashovchi aholi va turli tashkilotlar orqali qurilish jarayonlariga faol to‘sqinlik qilishini aytib hamda go‘yoki u o‘zini qurilish qilayotgandek ko‘rsatib, fuqarolarni “tinchlantirish” evaziga tadbirkordan 360 ming AQSH dollari talab qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urganch shahrida yashovchi 1997 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs Urganch xalqaro aeroportida Rossiya Federatsiyasidan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olgan vaqtida to‘xtatilib tekshirildi.
Natijada, ushbu jo‘natma ichida turli xil shirinliklar orasiga shokolad niqobi ostida qadoqlab, yashirilgan 538 gr “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida qayd etilgan holatda esa, poytaxtlik 45 yoshli fuqaro muqaddam narkokuryerlar tomonidan mamlakatimizga kontrabanda qilinib, xufiya joyga qoldirib ketilgan 700 gr “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtida ushlandi.
Hurmatli fuqarolar narkojinoyatlarga nisbatan javobgarlik choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha amaldagi qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Ogoh bo‘ling, oson pul topish ilinjida umringizning ma’lum bir qismini panjara ortida o‘tkazib, pushaymon bo‘lmang!
Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda G‘ijduvon tumanida yashovchi tadbirkorga tegishli dorixona, xonadon va avtotransport vositasi ko‘zdan kechirildi.
Natijada tadbirkor o‘z uyida yashirin sex tashkil qilib, yorliq va yo‘riqnomalarni o‘zgartirish orqali qalbaki dori vositalari tayyorlash bilan shug‘ullanganligi ma’lum bo‘ldi.
Tezkor tadbir davomida 111 turdagi jami 25716 dona dori vositalari, bo‘sh qutilar, yorliqlar, yo‘riqnomalar va boshqa vositalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM xulosasiga ko‘ra, 30 turdagi dorilar davlat reyestirida qayd etilmagan, 50 turdagisiga esa muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagan.
G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari davlat reyestrida qayd etilmagan va sifat serfikati bo‘lmagan 16 dona “Oktagam” dori vositasini xaridorga 5600 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, unga tegishli dorixonadan sifat serfikati bo‘lmagan 109 turdagi jami 32094 dona dori vositalari hujjatlashtirib olindi.
DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Nukus tumanida istiqomat qiluvchi 1989 y.t. fuqaro o‘z yashash xonadonida noqonuniy omborxona tashkil etganligi aniqlanib, ushbu manzildan 65 turdagi jami 12958 dona dori vositalari hamda ularni qadoqlashda foydalaniladigan 2410 dona shtrix kod va etiketkalar ashyoviy dalil sifatida olindi.
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalarini saqlashda belgilangan talablarga amal qilinmagan hamda ularning 16 turdagisi yaroqlilik muddati tugagan dorilar hisoblanadi.
Xususan, joriy yilning 1 iyul kuni Ichki ishlar organlari tomonidan telefoni xotirasida ta’qiqlangan diniy materiallar mavjud bo‘lishi ehtimoli bilan 2003 y.t. fuqaroning olib qo‘yilgan iPhone 17 Pro Max rusumli telefon apparatini qaytarib berish evaziga o‘zining 2 nafar vositachilari orqali 1000 AQSH dollari olgan vaqtida tergovchining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.