avatar
ХAVFSIZLIK 🇺🇿
@xavfsizlik_uz
17.07.2026 08:58
Xorijdan olib kelingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida DXX, IIV va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urganch shahrida yashovchi 1997 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs Urganch xalqaro aeroportida Rossiya Federatsiyasidan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olgan vaqtida to‘xtatilib tekshirildi.

Natijada, ushbu jo‘natma ichida turli xil shirinliklar orasiga shokolad niqobi ostida qadoqlab, yashirilgan 538 gr “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.

Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida qayd etilgan holatda esa, poytaxtlik 45 yoshli fuqaro muqaddam narkokuryerlar tomonidan mamlakatimizga kontrabanda qilinib, xufiya joyga qoldirib ketilgan 700 gr “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ikkala fuqaroga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ularning sheriklarini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Hurmatli fuqarolar narkojinoyatlarga nisbatan javobgarlik choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha amaldagi qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Ogoh bo‘ling, oson pul topish ilinjida umringizning ma’lum bir qismini panjara ortida o‘tkazib, pushaymon bo‘lmang!

Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube
🔥 936
💯 480
👍 470
👏 13
649 40.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

ХAVFSIZLIK 🇺🇿

43.3K
🌐 | facebook*.com/xavfsizlikuzofficial
🌐 | instagram*.com/xavfsizlik_uz_official
🌐 | youtube.com/@xavfsizlik_uz_official
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram