avatar
ХAVFSIZLIK 🇺🇿
@xavfsizlik_uz
27.07.2026 01:59
Qariyb 9 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan dala maydonida noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 4 kg “gashish” moddasi aniqlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashitirildi.

DXX Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Zarbdor tumanida yashovchi, 1981 y.t. shaxs Jizzax shahrida to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonida bo‘lgan xo‘jalik qopi ichida 4 kg 840 gr kannabis o‘simligi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda ikkala holat yuzasidan ham jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov doirasida ushbu qonunbuzarliklarga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube
🔥 468
👍 47
👏 14
💯 1
63 33.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

ХAVFSIZLIK 🇺🇿

43.3K
🌐 | facebook*.com/xavfsizlikuzofficial
🌐 | instagram*.com/xavfsizlik_uz_official
🌐 | youtube.com/@xavfsizlik_uz_official
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram