#Tezkor
3,5 mln dollarlik kredit uchun 420 ming dollar talab qilishdi
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kredit ajratish bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi.
Jumladan, xususiy aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Olmazor filiali bank xizmatlari markazi yuristi va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi 1979 y.t., muqaddam sudlangan shaxs o‘zaro til biriktirib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, uning nomiga 3,5 mln AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratib berishlarini aytishadi.
Ular “xolis” xizmatlari evaziga kredit summasining
12 foizini, ya’ni
420 ming AQSH dollari talab qilishib, oldindan
50 ming dollar olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz
DXXning
1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.
Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram