#DXX
Toshkentda “zakladka” usulida narkotik tarqatishga chek qo‘yildi
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi, 1993 y.t. fuqaroga tegishli avtotransport vositasi hamda uning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada 1,1 kg “Alfa-PVP”, 1,9 kg “marixuana”, 65 gr “geroin”, 16 gr “5F-APINACA” giyohvandlik vositalari, shuningdek, narkotiklarni qadoqlashda foydalaniladigan zip paketlar va elektron torozi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, unga narkotik moddalarni “zakladka” usulida tarqatish bo‘yicha topshiriq bergan, 1988 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan ayol ham ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning
1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering.
Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.
Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram