avatar
bakiroo
@the_bakiroo
05.01.2024 04:40
Қўйлиқ бозорини реконструкция қилишмоқчи. Мақсад реконструкциями ё тадбиркорларни Фуд сити ва Ташкент индексга кўчиришми?

Тошкент шаҳар ҳокимияти тўсатдан Тошкент қишлоқ хўжалик маҳсулотлари улгуржи бозорида (халқ тилида Қўйлиқ бозори) реконструкция ишлари бошланиши ҳақида маълумот бермоқда.

Реконструкциянинг лойиҳаси, қиймати, пудратчиси ва реконструкциянинг якунланиши муддати ҳақида ҳеч қандай маълумот йўқ. Реконструкциядан кейин бозор ишлайдими ё йўқми, тадбиркорларнинг дўконлари, ижара ҳуқуқлари сақланадими ё йўқми, бу ҳақдаям биронта аниқлик киритилмаган.

Лекин реконструкция даврида тадбиркорлар ўз фаолиятини маҳаллий олигархия назоратидаги «Фуд Сити» ва «Тошкент индекс»да давом эттириши мумкинлигини қистириб кетишни унутишмаган.

Шу ўринда 2 йил аввал ҳам Қўйлиқ бозорининг бузилиши эълон қилинган ва жамоатчиликнинг норозиликларидан кейин жараён тўхтатилган эди.

Ўшанда дўкондорлар, ижарачилар, бозорчилар ихтиёрий бўлмаган тартибда, ўзга танлов қолдирилмаган ҳолда Фуд ситига кўчиришга мажбурланиши ортидан Қўйлиқ бозорида қатор маҳсулотлар нархлари кўтарилган эди.

Бу сафар нима бўлади?
Telegram
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari! ❗️Shahrimizda oziq-ovqat, dehqon va buyum bozorlaridagi sotuvchi va xaridorlarga qulaylik yaratish, bozorlar faoliyatini takomillashtirish, ularning sanitariya-gigiyena hamda yong’in xavfsizligi talablariga javob beradigan holatga keltirish maqsadida, bozorlarda qurilish va rekonstruksiya ishlari boshlanmoqda. ❗️Ushbu ishlarning birinchi bosqichida, poytaxtimizning barcha bozorlariga mahsulotlarni asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lgan Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozorida rekonstruksiya ishlari boshlanishini ma’lum qilamiz. ❗️Bozorga olib kelinayotgan mahsulotlar bozor hududiga sig‘may, atrofidagi hududlarda, shu jumladan Chirchiq kanali bo‘yida tartibsiz savdo amalga oshirilayotganligi hamda bozor hududiga kuniga 600 dan ortiq yuk mashinalari kirib-chiqishi avtomobil yo’llarining tirbandligiga asosiy sabab bo‘lmoqda va aholiga jiddiy noqulayliklar yaratmoqda. ❗️Rekonstruksiya davrida tadbirkorlar o‘z faoliyatini “Food city”, “Tashkent Index” va boshqa savdo majmualarida tashkil etilgan qulay sharoitlarda davom ettirilishi taklif qilinadi. ❗️Bunda, tadbirkorlar mulklarini ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar (transport, yuklash, tushirish va boshqalar) bepul amalga oshiriladi hamda savdo majmualaridagi do‘konlar uchun ijara to‘lovlaridan 3 oy muddatga ozod qilinadi. ❗️Shuningdek, aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida “Qo‘yliq” massividan bozor hududigacha yo‘l kira xaqqi olinmaydigan 10 ta avtobus yo‘nalishga qo‘yilib, jamoat transporti uchun shoh bekat tashkil qilindi va shaharning barcha yo‘nalishlarga chiqish imkoni yaratildi. ❗️Bozorda faoliyat yuritayotgan 144 nafar ishchi-xodimlarni “Food city” va “Tashkent Index” savdo majmualarida ish bilan ta’minlanadi. ✔️Shu tariqa, bozorlarni tartibga keltirish, ko‘chirish yoki rekonstruksiya qilish ishlari poytaxtimiz bo‘ylab davom etadi va tez orada ular aholi uchun fayzli va obod maskanlarga aylanishiga umid qilamiz.
123 25.1K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram