Oqdaryo Ovozi
@oqdaryoovozi1931
109
Oqdaryo tumani “Yangihayot” mahallasida o‘tkazilgan “Tozalash” tadbiri doirasida muqaddam sudlangan, profilaktik hisobda va Probatsiya guruhi hisobida turib jazo muddatini oʻtayotgan shaxslar bilan tuman IIB boshlig‘i A. N. Ibodov boshchiligida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda nazorat ostida turgan shaxslarning mavjud muammolari oʻrganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriq va ko‘rsatmal berildi.
Bundan tashqari, nazoratdagi shaxslar uchun tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi xodimlari ishtirokida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda fuqarolar tumandagi boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishtirilib, ishlash istagini bildirgan 3 nafar shaxsga ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berildi.