OQDARYO TUMANI SAYLOV KOMISSIYASI QARORI Siyosiy partiyalardan ko'rsatilgan deputatlikka nomzodlarni ro'yxatga olish to'g'risida
O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi, O'zbekiston Ekologik partiyasi, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O'zbekiston "Adolat" sotsial demokratik partiyasi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatligiga nomzodlarni ro'yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 201- va 40-moddalariga muvofiq, Oqdaryo tuman saylov komissiyasi
Q A R O R Q I L A D I :
1. Siyosiy partiyalarning deputatlikka nomzodlarni ro'yxatga olishni so'rab bergan arizalari ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2. Bo'shab qolgan 2-Mustaqillik, 12-Avazali, 18-Qahramon saylov okruglari bo'yicha Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatligiga nomzodlar ilovaga muvofiq ro'yxatga olinsin.
3. Oqdaryo tumani saylov komissiyasi kotibi M.Toshturdiyevga deputatlikka nomzodlarning guvohnomalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va topshirilishini tashkillashtirish vazifasi yuklatilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman saylov komissiyasi raisining o'rinbosari A.Xudoyqulov zimmasiga yuklansin
Tuman saylov komissiyasi raisi: D.MAMADIYAROVA.
№ 23 2026-yil 29-iyul
1 171
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram