avatar
Oqdaryo Ovozi
@oqdaryoovozi1931
вчера, 05:26
HOMILADOR AYOLLARGA VA OILAVIY VAZIFALARINI BAJARISH BILAN MASHG'UL SHAXSLARGA YILLIK MEHNAT TA'TILLARINI BERISHDA QANDAY IMTIYOZLAR MAVJUD?
 
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining  400-moddasiga asosan, homilador ayollarga va bola tuqqan ayollarga yillik mehnat  ta'tili, ularning xohishiga ko'ra, tegishincha homiladorlik va tug'ish ta'tilidan oldin yoki undan keyin beriladi.
Homilador ayollarni yillik mehnat ta'tilidan chaqirib olishga yo'l qo'yilmaydi.
Bolani parvarishlash ta'tilidan foydalanayotgan xodimga yillik mehnat ta'tili, uning xohishiga ko'ra, bola parvarishlash ta'tilidan oldin yoxud undan keyin beriladi.
Ishlaydigan erkaklarga xotinining homiladorlik va tug'ish ta'tili davrida o'z xohishiga ko'ra yillik mehnat ta'tili:
birinchi ish yili uchun - ishlab berilgan vaqtdan qat'i nazar;
keyingi yillarda - ta'tillar berish jadvalidan qat'i nazar beriladi.
O'n to'rt yoshga to'lmagan bitta va undan ortiq bolani (o'n olti yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolani) tarbiyalayotgan yolg'iz otaga, yolg'iz onaga (beva erkaklarga, beva ayollarga, nikohdan ajrashganlarga, yolg'iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik mehnat ta'tillari, ularning xohishiga ko'ra, ular uchun qulay bo'lgan vaqtda beriladi.
J.XOLNAZAROV,
tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti.                                 
 
✅@oqdaryoovozi1931

✅ |Facebook* |Sayt|
114
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Oqdaryo Ovozi

9.5K
Oqdaryo tuman hokimligining rasmiy gazetasi "Oqdaryo ovozi" telegram kanali
Bosh muharrir
Y.Muhammadiyev. 99-5990756
Sayt orqali https://oqdaryoovozi.uz
https://www.facebook*.com/oqdaryo
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram