MEHNAT NIZOLARI BO'YICHA SUDLARGA MUROJAAT QILISH MUDDATLARI QANCHA?
Amaldagi Mehnat kodeksining 560-moddasida yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko'rib chiqish uchun sudga murojaat qilishning quyidagi muddatlari belgilangan:
ishga tiklash to'g'risidagi nizolar bo'yicha xodimga u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to'g'risidagi buyrug'ining ko'chirma nusxasini ish beruvchi xodimga topshirgan kundan e'tiboran uch oy;
xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi nizolar bo'yicha ish beruvchi zarar yetkazilganligini aniqlagan kundan e'tiboran bir yil;
boshqa mehnat nizolari bo'yicha xodim o'zining huquqi buzilganligi to'g'risida bilgan yoki bilishi kerak bo'lgan kundan e'tiboran olti oy.
Xodimning hayotiga va sog'lig'iga yetkazilgan ziyonning o'rnini qoplash to'g'risidagi nizolar bo'yicha, shuningdek xodimga yetkazilgan ma'naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi nizolar bo'yicha sudga murojaat qilishda muddat belgilanmaydi.
Х.YAXSHIBOYEV,
tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
✅@oqdaryoovozi1931
✅ |
Facebook* |
Sayt|
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram