avatar
Oqdaryo Ovozi
@oqdaryoovozi1931
11.08.2026 07:49
​“Xavfsiz va sogʻlom yurt” hamda “Xavfsiz hudud” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida xavfsiz muhitni yaratish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.



Oqdaryo tumani “Yangihayot” mahallasida o‘tkazilgan “Tozalash” tadbiri doirasida muqaddam sudlangan, profilaktik hisobda va Probatsiya guruhi hisobida turib jazo muddatini oʻtayotgan shaxslar bilan tuman IIB boshlig‘i A. N. Ibodov boshchiligida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda nazorat ostida turgan shaxslarning mavjud muammolari oʻrganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriq va ko‘rsatmal berildi.
​Bundan tashqari, nazoratdagi shaxslar uchun tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi xodimlari ishtirokida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda fuqarolar tumandagi boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishtirilib, ishlash istagini bildirgan 3 nafar shaxsga ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berildi.


✅@oqdaryoovozi1931
1 139

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Oqdaryo Ovozi

9.5K
Oqdaryo tuman hokimligining rasmiy gazetasi "Oqdaryo ovozi" telegram kanali
Bosh muharrir
Y.Muhammadiyev. 99-5990756
Sayt orqali https://oqdaryoovozi.uz
https://www.facebook*.com/oqdaryo
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram