avatar
Namangan IIB | Rasmiy kanal
@namanganiibuz
сегодня, 18:30
Mustaqillik bayrami tadbirlarini xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha hududlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oya asosida keng nishonlanishi munosabati bilan bayram tadbirlarini xavfsiz va yuqori saviyada o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa mas’ul tuzilmalar tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda Namangan viloyati IIB boshlig‘i, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan Kosonsoy, Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida Mustaqillik bayrami munosabati bilan ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan hududlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, transport va piyodalar harakatini tartibga solish, shuningdek, jalb etiladigan kuch va vositalarni belgilangan tartibda joylashtirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilib, mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook*|Instagram*| Youtube
1 612
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Namangan IIB | Rasmiy kanal
@namanganiibuz
сегодня, 13:59
#Xavfsiz_va_soglom_yurt

Yonida giyohvandlik moddalari olib yurgan shaxsga qonuniy chora ko'rildi


"Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida joriy yilning 3-avgust kuni Namangan viloyati IIB hamda Yangi Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan, tumanning “Guliston” mahallasi hududida Namangan shahar “Chorsu” mahallasida yashovchi 2005-yilda tug‘ilgan fuqaroning yonidan og‘irligi 0.40 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook*|Instagram*| Youtube
3 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Namangan IIB | Rasmiy kanal
@namanganiibuz
сегодня, 11:59
Yosh xodimlar hamda ularning oila-a’zolari uchun “Laylaklar nolasi” spektakli namoyish etildi

12-avgust — Xalqaro yoshlar kuni munosabati bilan Namangan viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati yosh xodimlari va ularning oila a’zolari uchun “Laylaklar nolasi” spektakli namoyish etildi.

Mazkur teatr tomoshasi yosh xodimlar va ularning oila a’zolarida katta taassurot qoldirib, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ezgulik, insonparvarlik va mehr-oqibat tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

Tomosha davomida ishtirokchilar asar orqali hayot haqiqati, inson qadri, ezgulik va ma’naviy fazilatlar haqida muhim saboqlar oldilar.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh xodimlar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, madaniy hordiq chiqarishini ta’minlash hamda ma’naviy-estetik dunyoqarashini yanada boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook*|Instagram*| Youtube
3 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Namangan IIB | Rasmiy kanal
@namanganiibuz
сегодня, 10:59
#Xavfsiz_va_soglom_yurt

Giyohvandlik vositasi olib yurgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi


"Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida Namangan viloyati IIB hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan, Davlatobod tumani “Yangi tong” mahallasi hududida Yangi Namangan tumani “Mustaqillikning besh yilligi” mahallasida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan fuqaroning yonidan og‘irligi 3.04 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Davlatobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 6-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook*|Instagram*| Youtube
1 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Namangan IIB | Rasmiy kanal
@namanganiibuz
сегодня, 09:59
Chortoq tumanida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

12-avgust — Xalqaro yoshlar kuni munosabati bilan Chortoq tumanidagi “Sulton Uvays Qarоniy” ziyoratgohida Chortoq tumani IIB xodimlari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Unda ichki ishlar organlarida uzoq yillar davomida samarali xizmat qilgan faxriylar, ko‘p yillik tajribaga ega xodimlar hamda tizimdagi yosh xodimlar ishtirok etdi.

Samimiy muloqotlar davomida faxriy va tajribali xodimlar tomonidan xizmat faoliyati davomida orttirilgan boy tajriba, hayotiy saboqlar hamda kasbiy ko‘nikmalar yosh xodimlarga yetkazilib, yosh avlod vakillariga xizmat burchiga sadoqat, Vatanga fidoyilik, yuksak mas’uliyat, kasbga vijdonan yondashish va xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish borasida qimmatli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash, faxriylarning boy tajribasini yosh xodimlarga yetkazish, ularning kasbiy bilim va ma’naviy salohiyatini yanada yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook*|Instagram*| Youtube
7 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Namangan IIB | Rasmiy kanal
@namanganiibuz
сегодня, 07:59
Davlatobod tumanida xotin-qizlar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida Davlatobod tumani IIB xodimlari hamda mas’ul idoralar vakillari bilan hamkorlikda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Tadbirlar davomida fuqarolarning har biri bilan yakka tartibda suhbatlashilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, ijtimoiy hayotga moslashish va sog‘lom turmush tarziga qaytishiga ko‘maklashish maqsadida amaliy yordam choralari belgilandi.

Shuningdek, xotin-qizlarga huquqiy tushuntirishlar berilib, tazyiq va zo‘ravonlikka duch kelgan taqdirda qayerga va qanday tartibda murojaat qilish mumkinligi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook*|Instagram*| Youtube
4 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Namangan IIB | Rasmiy kanal

13.3K
🌐 Ижтимоий тармоқларимиз:
• Facebook*: fb.com/namanganiibuz
• Instagram*: instagram*.com/namanganiib.uz
• YouTube: youtube.com/@namanganiibuz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram