avatar
Namangan IIB | Rasmiy kanal
@namanganiibuz
сегодня, 09:59
Chortoq tumanida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

12-avgust — Xalqaro yoshlar kuni munosabati bilan Chortoq tumanidagi “Sulton Uvays Qarоniy” ziyoratgohida Chortoq tumani IIB xodimlari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Unda ichki ishlar organlarida uzoq yillar davomida samarali xizmat qilgan faxriylar, ko‘p yillik tajribaga ega xodimlar hamda tizimdagi yosh xodimlar ishtirok etdi.

Samimiy muloqotlar davomida faxriy va tajribali xodimlar tomonidan xizmat faoliyati davomida orttirilgan boy tajriba, hayotiy saboqlar hamda kasbiy ko‘nikmalar yosh xodimlarga yetkazilib, yosh avlod vakillariga xizmat burchiga sadoqat, Vatanga fidoyilik, yuksak mas’uliyat, kasbga vijdonan yondashish va xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish borasida qimmatli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash, faxriylarning boy tajribasini yosh xodimlarga yetkazish, ularning kasbiy bilim va ma’naviy salohiyatini yanada yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook*|Instagram*| Youtube
7 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Namangan IIB | Rasmiy kanal

13.3K
🌐 Ижтимоий тармоқларимиз:
• Facebook*: fb.com/namanganiibuz
• Instagram*: instagram*.com/namanganiib.uz
• YouTube: youtube.com/@namanganiibuz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram