avatar
Namangan IIB | Rasmiy kanal
@namanganiibuz
сегодня, 11:59
Yosh xodimlar hamda ularning oila-a’zolari uchun “Laylaklar nolasi” spektakli namoyish etildi

12-avgust — Xalqaro yoshlar kuni munosabati bilan Namangan viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati yosh xodimlari va ularning oila a’zolari uchun “Laylaklar nolasi” spektakli namoyish etildi.

Mazkur teatr tomoshasi yosh xodimlar va ularning oila a’zolarida katta taassurot qoldirib, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ezgulik, insonparvarlik va mehr-oqibat tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

Tomosha davomida ishtirokchilar asar orqali hayot haqiqati, inson qadri, ezgulik va ma’naviy fazilatlar haqida muhim saboqlar oldilar.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh xodimlar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, madaniy hordiq chiqarishini ta’minlash hamda ma’naviy-estetik dunyoqarashini yanada boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook*|Instagram*| Youtube
3 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Namangan IIB | Rasmiy kanal

13.3K
🌐 Ижтимоий тармоқларимиз:
• Facebook*: fb.com/namanganiibuz
• Instagram*: instagram*.com/namanganiib.uz
• YouTube: youtube.com/@namanganiibuz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram