Davlatobod tumanida xotin-qizlar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida Davlatobod tumani IIB xodimlari hamda mas’ul idoralar vakillari bilan hamkorlikda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida fuqarolarning har biri bilan yakka tartibda suhbatlashilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, ijtimoiy hayotga moslashish va sog‘lom turmush tarziga qaytishiga ko‘maklashish maqsadida amaliy yordam choralari belgilandi.
Shuningdek, xotin-qizlarga huquqiy tushuntirishlar berilib, tazyiq va zo‘ravonlikka duch kelgan taqdirda qayerga va qanday tartibda murojaat qilish mumkinligi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt| Telegram|Facebook*|Instagram*| Youtube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram