avatar
Namangan IIB | Rasmiy kanal
@namanganiibuz
сегодня, 18:30
Mustaqillik bayrami tadbirlarini xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha hududlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oya asosida keng nishonlanishi munosabati bilan bayram tadbirlarini xavfsiz va yuqori saviyada o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa mas’ul tuzilmalar tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda Namangan viloyati IIB boshlig‘i, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan Kosonsoy, Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida Mustaqillik bayrami munosabati bilan ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan hududlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, transport va piyodalar harakatini tartibga solish, shuningdek, jalb etiladigan kuch va vositalarni belgilangan tartibda joylashtirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilib, mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook*|Instagram*| Youtube
3 665
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Namangan IIB | Rasmiy kanal

13.3K
🌐 Ижтимоий тармоқларимиз:
• Facebook*: fb.com/namanganiibuz
• Instagram*: instagram*.com/namanganiib.uz
• YouTube: youtube.com/@namanganiibuz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram