avatar
Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
Переслано от Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
08.08.2026 15:50
Taniqli xonanda Mohira Asadova Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Taniqli xonanda Mohira Asadova madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan bo'lib o'tgan muloqot davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan madaniyat va san'at sohasiga berilayotgan e'tibordan minnatdor ekanligini bildirdi.

Mohira Asadova:
50 yildan buyon shu sohada yurib bunaqa sharoitlarni endi ko'ryapmiz...

Ozodbek Nazarbekov: Avvalo shu insonni mehrlari, agar shu insonni mehrlari bo'lmasa ming yig'laylik, ming dod deylik eshitmasalar hech nima bo'lmasdi...

Batafsil videoda

TelegramInstagram*Facebook*Veb-sayt | YouTube | Mediabank
6 236
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
Переслано от Shavkat Mirziyoyev_press-service
08.08.2026 15:45
“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi gʻoliblariga tabrik

Поздравление победителям Национального конкурса профессионального мастерства «Созидатели Нового Узбекистана»

Prezident.uz|Facebook*|Instagram*|YouTube|X
2 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
@madaniyatvazirligi
08.08.2026 12:39
#Videoreportaj

Xivada "Qovun sayli" boshlandi

Xiva shahrida an’anaviy "Qovun sayli" festivali bo‘lib o‘tmoqda. 7–9 avgust kunlari davom etadigan bayram tadbirlari "Ichan qal’a" va "Arda Xiva" majmualarida tashkil etilgan.

Festival doirasida Xorazmning shahar va tumanlarida yetishtirilgan shirin va xushbo‘y qovunlarning ko‘rgazma-savdosi o‘tkazilmoqda. Hududlar uchun maxsus pavilonlar tashkil etilib, ularda qovunning turli navlari namoyish etilmoqda.

Tadbir mehmonlarini milliy taomlar, Xorazm nonlari, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari, milliy liboslar namoyishi, teatrlashtirilgan sahnalar va xalq ijodi namunalari ham kutib turibdi. Shuningdek, folklor jamoalari va san’atkorlarning jonli chiqishlari, mahorat darslari hamda tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmalari tashkil etilmoqda.

Festivalning eng katta madaniy dasturlaridan biri 8-avgust kuni "Arda Xiva" majmuasida bo‘lib o‘tadi. Unda rossiyalik mashhur xonanda MakSim konsert dasturi bilan ishtirok etadi. Konsertga kirish bepul.

"Qovun sayli" Xorazmning boy dehqonchilik an’analari, milliy madaniyati va mehmondo‘stligini namoyon etish, shuningdek, mahalliy va xorijiy sayyohlarni viloyatga yanada ko‘proq jalb qilishga xizmat qilmoqda.


Telegram |Instagram*|Facebook* |Veb-sayt |YouTube |Mediabank
11 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
Переслано от Ozodbek Nazarbekov
08.08.2026 09:45
Fuqarolar qabulida madaniyat va san’at sohasiga oid murojaatlarni tinglar ekanmiz, ijtimoiy tarmoqlarning bugungi holati haqida ham fikr almashdik

Afsuski, bugun ijtimoiy tarmoqlarda ziyolilar, ilm egalari emas, ko‘proq bachkana videolarni targ‘ib qilayotgan ijtimoiy tarmoq faollari yetakchilik qilmoqda. Natijada xalqimiz, ayniqsa yoshlar, shunday kontentni ko‘rishga majbur bo‘lyapti.

Men ishonamanki, ilm egalari, adabiyot namoyandalari, san’atkorlar va butun ziyoli qatlam ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lib, mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega kontent yaratmas ekan, bu bo‘shliqni bachkana va sayoz kontent egallashda davom etadi.

Shuning uchun barchamiz birlashib, ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqimizning qalbi va ongiga ma’rifat, milliy qadriyatlar hamda ezgu g‘oyalarni olib kirishimiz kerak.

Bu bugunning eng muhim vazifalaridan biridir.

Telegram Instagram*
14 1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
@madaniyatvazirligi
08.08.2026 04:15
Madaniyat vazirligi Angliya Qirolligi bilan sun’iy intellekt sohasida yirik kelishuvlarga erishdi

Madaniyat vazirligi Angliya Qirolligi bilan sun’iy intellekt va kreativ industriya yo‘nalishlarida qator muhim hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

Madaniyat vaziri maslahatchisi hamda “Raqam San’at” ijodiy birlashmasi rahbari Rauf Nabiyev boshchiligidagi delegatsiyaning Angliya Qirolligiga amalga oshirgan xizmat safari davomida Oxford University, University of Cambridge, Victoria and Albert Museum (V&A) hamda taniqli rejissor va ssenariynavis Azena Mandis bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida sun’iy intellektni madaniyat va san’at sohasiga joriy etish, kreativ kontent yaratish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va xalqaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshiriladigan ijodiy va innovatsion loyihalar “Raqam San’at” ijodiy birlashmasi tomonidan ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etiladi.

Telegram | Instagram* | Facebook* | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
14 2.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
@madaniyatvazirligi
07.08.2026 18:25
Ta’ziya

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, rejissyor va aktyor Abdumannon Ubaydullayev 86 yoshida vafot etdi.

Abdumannon Ubaydullayev o‘zining sermazmun ijodiy faoliyati davomida kino san’atiga munosib hissa qo‘shdi. U kinorejissyor Zulfiqor Musoqovning “Vatan” filmidagi obrazi orqali keng jamoatchilik e’tiborini qozongan edi. Shuningdek, “Omad”, “So‘nggi lahza”, “Hijron”, “Nazar”, “Yigit yig‘lamasin”, “Aldangan ko‘ngil”, “Mehr” kabi ko‘plab badiiy filmlar hamda qator milliy teleseriallarda yaratgan yorqin obrazlari bilan tomoshabinlar qalbidan chuqur o‘rin egalladi.

Ijodkor uzoq yillar davomida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasida faoliyat yuritib, ko‘plab yosh mutaxassislarni tarbiyalash va ularga bilim hamda tajriba ulashishga munosib hissa qo‘shdi.

Madaniyat vazirligi jamoasi Abdumannon Ubaydullayevning oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Telegram | Instagram* | Facebook* | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
70 4.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
@madaniyatvazirligi
07.08.2026 15:50
Taniqli xonanda Mohira Asadova Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Taniqli xonanda Mohira Asadova madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan bo'lib o'tgan muloqot davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan madaniyat va san'at sohasiga berilayotgan e'tibordan minnatdor ekanligini bildirdi.

Mohira Asadova:
50 yildan buyon shu sohada yurib bunaqa sharoitlarni endi ko'ryapmiz...

Ozodbek Nazarbekov: Avvalo shu insonni mehrlari, agar shu insonni mehrlari bo'lmasa ming yig'laylik, ming dod deylik eshitmasalar hech nima bo'lmasdi...

Batafsil videoda

TelegramInstagram*Facebook*Veb-sayt | YouTube | Mediabank
29 3.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
Переслано от Shavkat Mirziyoyev_press-service
07.08.2026 14:22
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом.

#Mirziyoyev #muloqot #AQSh #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook*|Instagram*|YouTube|X
7 2.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
Переслано от Shavkat Mirziyoyev_press-service
07.08.2026 13:02
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по достигнутым результатам и дальнейшим приоритетным задачам развития экосистемы искусственного интеллекта в нашей стране.

#Mirziyoyev #taqdimot #raqamlitexnologiyalar #SI

Prezident.uz|Facebook*|Instagram*|YouTube|X
7 1.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
Переслано от канала
07.08.2026 12:01
🔥 ILMIY EKSPEDITSIYADAN — TRENDGACHA

Bir necha oy avval bu qo‘shiq ilmiy ekspeditsiya davomida ICRICH vakillari tomonidan yozib olingan edi. Bugun esa 78 yoshli Mashhura momo Tursunova ijrosidagi "Urchug‘im" xalq qo‘shig‘i taniqli instablogger tomonidan zamonaviy talqinda qayta ishlanib, ijtimoiy tarmoqlarda keng ommalashmoqda va bu tasodif emas.

Bu — Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarning amaliy natijasidir.

Xalq xotirasida yashayotgan meros ilmiy ekspeditsiyalar orqali hujjatlashtiriladi, tadqiq etiladi va yangi avlodga yetib boradi.


Kecha ekspeditsiyada yozib olingan qo‘shiq, bugun internet trendiga aylandi. Ana shu — nomoddiy madaniy meros yashayotganining eng yorqin isboti.

#trend #ilmiyekspeditsiya #nomoddiymadaniymeros

icrich.uz|
Telegram|Facebook*|Instagram*|X|YouTube
15 2.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Madaniyat.uz I Rasmiy kanal

19.7K
Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

Sayt: https://gov.uz/madaniyat
Telefon: (55) 502 33 75
Instagram*: https://www.instagram*.com/madaniyatvazirligi/
Facebook*: https://www.facebook*.com/madaniyatvazirligiuz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram