Ta’ziya
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, rejissyor va aktyor
Abdumannon Ubaydullayev 86 yoshida vafot etdi.
Abdumannon Ubaydullayev o‘zining sermazmun ijodiy faoliyati davomida kino san’atiga munosib hissa qo‘shdi. U kinorejissyor Zulfiqor Musoqovning “Vatan” filmidagi obrazi orqali keng jamoatchilik e’tiborini qozongan edi. Shuningdek, “Omad”, “So‘nggi lahza”, “Hijron”, “Nazar”, “Yigit yig‘lamasin”, “Aldangan ko‘ngil”, “Mehr” kabi ko‘plab badiiy filmlar hamda qator milliy teleseriallarda yaratgan yorqin obrazlari bilan tomoshabinlar qalbidan chuqur o‘rin egalladi.
Ijodkor uzoq yillar davomida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasida faoliyat yuritib, ko‘plab yosh mutaxassislarni tarbiyalash va ularga bilim hamda tajriba ulashishga munosib hissa qo‘shdi.
Madaniyat vazirligi jamoasi
Abdumannon Ubaydullayevning oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Telegram | Instagram* | Facebook* | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram