🔥 ILMIY EKSPEDITSIYADAN — TRENDGACHA
Bir necha oy avval bu qo‘shiq ilmiy ekspeditsiya davomida
ICRICH vakillari tomonidan yozib olingan edi. Bugun esa
78 yoshli Mashhura momo Tursunova ijrosidagi "Urchug‘im" xalq qo‘shig‘i taniqli instablogger tomonidan zamonaviy talqinda qayta ishlanib, ijtimoiy tarmoqlarda keng
ommalashmoqda va bu tasodif emas.
Bu —
Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarning amaliy natijasidir.
Xalq xotirasida yashayotgan meros ilmiy ekspeditsiyalar orqali hujjatlashtiriladi, tadqiq etiladi va yangi avlodga yetib boradi.
Kecha ekspeditsiyada yozib olingan qo‘shiq, bugun internet trendiga aylandi. Ana shu — nomoddiy madaniy meros yashayotganining eng yorqin isboti.
#trend #ilmiyekspeditsiya #nomoddiymadaniymeros
icrich.uz|Telegram|Facebook*|Instagram*|X|YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram