avatar
Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
@madaniyatvazirligi
08.08.2026 04:15
Madaniyat vazirligi Angliya Qirolligi bilan sun’iy intellekt sohasida yirik kelishuvlarga erishdi

Madaniyat vazirligi Angliya Qirolligi bilan sun’iy intellekt va kreativ industriya yo‘nalishlarida qator muhim hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

Madaniyat vaziri maslahatchisi hamda “Raqam San’at” ijodiy birlashmasi rahbari Rauf Nabiyev boshchiligidagi delegatsiyaning Angliya Qirolligiga amalga oshirgan xizmat safari davomida Oxford University, University of Cambridge, Victoria and Albert Museum (V&A) hamda taniqli rejissor va ssenariynavis Azena Mandis bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida sun’iy intellektni madaniyat va san’at sohasiga joriy etish, kreativ kontent yaratish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va xalqaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshiriladigan ijodiy va innovatsion loyihalar “Raqam San’at” ijodiy birlashmasi tomonidan ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etiladi.

Telegram | Instagram* | Facebook* | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
14 2.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Madaniyat.uz I Rasmiy kanal

19.7K
Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

Sayt: https://gov.uz/madaniyat
Telefon: (55) 502 33 75
Instagram*: https://www.instagram*.com/madaniyatvazirligi/
Facebook*: https://www.facebook*.com/madaniyatvazirligiuz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram