avatar
Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
Переслано от Ozodbek Nazarbekov
08.08.2026 09:45
Fuqarolar qabulida madaniyat va san’at sohasiga oid murojaatlarni tinglar ekanmiz, ijtimoiy tarmoqlarning bugungi holati haqida ham fikr almashdik

Afsuski, bugun ijtimoiy tarmoqlarda ziyolilar, ilm egalari emas, ko‘proq bachkana videolarni targ‘ib qilayotgan ijtimoiy tarmoq faollari yetakchilik qilmoqda. Natijada xalqimiz, ayniqsa yoshlar, shunday kontentni ko‘rishga majbur bo‘lyapti.

Men ishonamanki, ilm egalari, adabiyot namoyandalari, san’atkorlar va butun ziyoli qatlam ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lib, mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega kontent yaratmas ekan, bu bo‘shliqni bachkana va sayoz kontent egallashda davom etadi.

Shuning uchun barchamiz birlashib, ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqimizning qalbi va ongiga ma’rifat, milliy qadriyatlar hamda ezgu g‘oyalarni olib kirishimiz kerak.

Bu bugunning eng muhim vazifalaridan biridir.

Telegram Instagram*
14 1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Madaniyat.uz I Rasmiy kanal

19.7K
Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

Sayt: https://gov.uz/madaniyat
Telefon: (55) 502 33 75
Instagram*: https://www.instagram*.com/madaniyatvazirligi/
Facebook*: https://www.facebook*.com/madaniyatvazirligiuz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram