avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
23.04.2026 16:38
Naqd puldan voz kechishda Janubiy Koreya tajribasini taklif qilishyapti

@lazizhamidov
👍 38
6
💯 6
❤‍🔥 2
49 6.2K
avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
23.04.2026 10:38
Laziz Hamidov Endi banklar fuqaroning plastik kartasida bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari (1 mln 236 ming so‘m)dan ortiq pul bo‘lsagina, undan kreditni so‘ndirish uchun yechib olishi mumkin bo‘ladi. Bu cheklov to‘lov tizimlari tomonidan o‘rnatiladi. @lazizhamidov
Bu tartib har doim ham ishlamas ekan, e'tibor berish kerak bo‘lgan jihati bor ekan: agar siz biron bir ilovada (masalan, Click, Payme yoki bank ilovasida) o‘z xohishingiz bilan kartangizni ulab, SMS-kod (OTP) orqali tasdiqlagan bo‘lsangiz, ushbu xizmatlar (obunalar, avtoto‘lovlar) pulni yechishda ushbu cheklovga amal qilmasligi mumkin.

@lazizhamidov
😁 34
👍 9
👎 1
23 2.5K
avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
23.04.2026 09:45
Endi banklar fuqaroning plastik kartasida bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari (1 mln 236 ming so‘m)dan ortiq pul bo‘lsagina, undan kreditni so‘ndirish uchun yechib olishi mumkin bo‘ladi. Bu cheklov to‘lov tizimlari tomonidan o‘rnatiladi.

@lazizhamidov
👍 60
😁 12
💯 3
40 2.6K
avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
22.04.2026 22:07
O'zbekistonda eng ko'p maosh oladiganlar aslida bank sohasi xodimlari, ammo oxirgi vaqtlar eng ko'p qo'lga tushayotganlar ham ular bo'lyapti

@lazizhamidov
👍 32
😁 16
💯 3
8 2.8K
avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
22.04.2026 20:20
O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning «Roma» klubidan Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubiga to‘liq ko‘chib o‘tadi.

@lazizhamidov
👍 33
👎 8
3 2.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
22.04.2026 11:58
Dehqon bilan maslahatlashiladimi?

Sirdaryoning Yangiyer shahrida dehqonlar 80 tonna piyozni tekinga tarqatib yubormoqchi. Bizda Statistika agentligi va butun boshli Qishloq xo‘jaligi vazirligi bor. Ekspertchilar uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi va yana boshqa-boshqa tashkilotlar. Nuqul «eksport eksport» deb jar soladiganlar. Lekin dehqonga na qishloq xo‘jaligi mutasaddilari, na statistika agentligi — bozorning sig‘imi va eksport imkoniyatlarini hisoblab bermagan.

Biz 21-asrda yashayapmiz, «raqamlashtirish» haqida gapiramiz. Ammo qishloq xo‘jaligimizdagi boshqaruv haliyam o‘rta asrlar darajasida. Dehqonga nima ekish kerakligini hech kim aytmaydi.

Bir qarasa kartoshka topilmaydi, bir qarasa piyoz suv tekin, bodiring topilmay qoladi...

Piyozni tekinga tarqatish bilan dehqonning zarari qoplanmaydi, iqtisodiyotga foyda kelmaydi.

@lazizhamidov
💯 58
🤬 11
👎 2
😱 2
49 3.2K
avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
21.04.2026 19:25
Muammoni mlrdlab pul sarflab panjaralar qo'ymasdan ham hal qilsa bo'larkan-u mana. Svetafor va piyodalar uchun yo'laklar tashkil etish arzon ekan, poytaxtning boshqa qsimlariga ham hadeb panjar o'rnatib, yana uni olib tashlayvermasdan shu aqlli svetafor va piyodalar yo'li tashkil etsa ham bo'lardi.

Ha mayli, hechdan ko'ra kech yaxshi

@lazizhamidov
💯 26
👍 9
❤‍🔥 5
2
5 2.7K
avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
21.04.2026 18:51
Bobur ko‘chasidan Seoul Mun majmuasiga chapga burilish ochiladi

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi Furqat va Seul ko‘chalari kesishmasida harakat tartibini o‘zgartirish loyihasini taqdim etdi, unda Seoul Mun majmuasi qarshisida piyodalar o‘tish joyini tashkil etish, chapga burilish uchun alohida yo‘lak ajratish va yangi qayrilib olish nuqtasini yaratish ko‘zda tutilgan.

@lazizhamidov
👍 21
😁 5
🤬 3
7 2.6K
avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
21.04.2026 16:15
O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz tariflarining navbatdagi oshirilishi kutilmoqda

Jurnalist Shaxriyor Ismoilxo‘jayevning yozishicha, o‘tgan hafta Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) O‘zbekistondagi missiyasi yakunlari bo‘yicha e’lon qilgan bayonotida tartibga solinadigan narxlarning oshirilishini ma’lum qilgan. Xususan, narxlarning «sekinroq o‘sishi» inflyatsiya xatarlarini yumshatishi ta’kidlangan.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-martdagi qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarini har yili oshirishni nazarda tutuvchi yangi tartib amal qilmoqda. Tariflarni indeksatsiya qilish Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi hamda Raqobat qo‘mitasi takliflari asosida amalga oshiriladi.

Narxlarni 1-maydan boshlab yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, biroq 10 foizdan oshmagan miqdorda ko‘tarish rejalashtirilgan.

Masalan, 2025-yilda yillik inflyatsiya 9,8 foizdan 7,3 foizgacha sekinlashgan edi. Joriy yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, ko‘rsatkich 7,1 foizgacha tushib, 2017-yildan buyon eng past darajani yangiladi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat tariflarni 10 foizdan yuqori darajada indeksatsiya qilish variantini ko‘rib chiqqan. Shunday bo‘lsa-da, uning miqdori bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov zimmasiga yuklatilgan. Shu bilan birga, na Iqtisodiyot va moliya vazirligi, na Energetika vazirligi energiya tariflarining ehtimoliy indeksatsiyasi bo‘yicha ochiqcha izoh bermagan.

2024-yil 1-maydan boshlab so‘nggi bir necha yil ichida ilk bor gaz va elektr energiyasi tariflari oshirilgan edi. Narxlarning navbatdagi oshishi roppa-rosa bir yildan keyin sodir bo‘ldi.

Energiya tariflarining sezilarli darajada o‘sishi va 2028-yildan boshlab subsidiyalashni to‘xtatish haqidagi va’dalarga qaramasdan, davlat tabiiy gaz va elektr energiyasini katta miqdorda subsidiyalashda davom etmoqda: o‘tgan yili «UzGasTrade» davlat kompaniyasi zarar (ichki bozordagi sotib olish va sotish narxi o‘rtasidagi farq)ni qoplash uchun byudjetdan 7 trln so‘m (-26,3 foiz), «O‘zenergosotish» esa 500 mlrd so‘m (-1 foiz) olgan.

@lazizhamidov
🤬 42
👍 5
👎 2
😱 2
14 2.8K
avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
21.04.2026 15:44
Dunyo hech qachon hozirgidek oldindan aytib bo‘lmas darajaga kelmagan

​Dunyodagi siyosiy va iqtisodiy vaziyatni o‘lchaydigan Global noaniqlik indeksi mavjud. Olimlar ushbu ko‘rsatkichni 1990-yillardan beri kuzatib borishadi.

​Bugungi kunda ushbu indeks mutloq rekord darajaga chiqdi. Hozirgi noaniqlik 2020-yilgi pandemiya, 2008-yilgi moliyaviy inqiroz va hatto 2000-yillardagi «dotkomlar» inqirozidan ham yuqori.

@lazizhamidov
👍 26
💯 5
🤬 3
2
❤‍🔥 2
👎 1
😱 1
18 2.8K
avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
20.04.2026 10:47
Aziza Qurbonova Facebook* sahifasida o‘g‘lining IELTS imtihoni bo‘lib o‘tayotgan bir vaqtda markazda chiroq o‘chib qolgani, bolalarning 2 soatlik mehnati va imtihongacha bo‘lgan tayyorgarliklari puchga chiqqanini yozibdi.

Men avval ham aytganman, yana qaytaraman: Biz hozir har qanday dabdabali tadbirni, ikkinchi darajali qurilishlarni va vaqtinchalik bayramlarni chetga surishimiz kerak. ​Davlatning bor resursi, aqliy va moliyaviy salohiyati faqat asosiy nuqtaga — energetika muammosini tubdan hal qilishga qaratilishi shart.

Dunyoda sun’iy intellekt va yuqori texnologiyalar poygasi ketyapti. Biz bu olamda shunchaki "yashab qolishimiz" uchun ham poydevorimiz — infratuzilmamiz mustahkam bo‘lishi kerak. Aks holda, eng iqtidorli yoshlarimizning mehnati Chilonzordagi yoki Yunusoboddagi eski simlarga bog‘lanib qolaveradi.

Biz har qadamda sun’iy intellekt, raqamlashtirish va "IT-hub"ga aylanish haqida gapiramiz. Lekin sun’iy intellektga ikkita asosiy narsa kerak: barqaror elektr energiyasi va yuqori tezlikdagi internet. Busiz har qanday neyrotarmoq shunchaki ishlamaydigan kodlar to‘plami xolos.

@lazizhamidov
👍 79
💯 19
😱 7
5
26 4.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
19.04.2026 17:16
Davlat naqdsiz hisob-kitoblarni majburiy odatga aylantirishi g'alati, naqd pulni o'zining kartasiga kiritishida komissiya undirilishi undan-da g'alati.

Aslida men pulimni kartaga qo‘ysam, bank mening pulimdan foydalanadi (aylanma mablag‘ sifatida). Lekin hozirgi naqdsiz to'lov majburligidan kelib chiqadigan mantiq: men pulimni bankka "berganim" uchun yana bankka pul to‘layotganim.

Menimcha, bu tartibni ma’qullaganlar jamiyatda faqat oylikni kartada oladiganlar emas, balki o‘z mehnati bilan naqd pul topadigan millionlab hunarmandlar, dehqonlar va kichik tadbirkorlar borligini unutgan ko‘rinadi.

O'ylaymanki, agar davlat haqiqatda naqd pulsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirmoqchi (majburlash emas) bo‘lsa, birinchi navbatda pullarni kartaga "kirishi"ni mutlaqo qulay qilishi shart.

Aks holda, "inson qadri" degan so'zlar qog'ozda qolib, oddiy odam o‘zining pulini ishlatish uchun bankka o‘lpon to‘lashda davom etaveradi.

@lazizhamidov
💯 129
👍 29
🤬 6
❤‍🔥 4
2
26 4.6K
avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
17.04.2026 16:50
Javohir Sindorov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi

@lazizhamidov
49
👍 19
😁 10
❤‍🔥 3
7 4.1K
avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
17.04.2026 15:31
«Humans» asoschisi va «O‘zmetkombinat»ning sobiq rahbari qidiruvda

O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari «Humans» kompaniyasi asoschisi va rahbari Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga beribdi.

U qimor va boshqa tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish hamda noqonuniy daromadlarni legallashtirishda ayblanmoqda.

«O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ boshqaruvi sobiq raisi Axmedov Dilshod Tursunkulovich ham xalqaro qidiruvga berilgan.

@lazizhamidov
😁 34
👍 6
34 4.1K
avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
17.04.2026 15:26
O‘zbekiston — sportchilarga soliq borasida eng katta imtiyoz bergan davlatlardan biri.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-modda 6-bandiga ko‘ra, xalqaro musobaqalarda yutilgan pul mukofotlari soliq solinmaydigan daromadlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Olimpiada yoki Jahon chempionatidagi g‘alaba uchun beriladigan avtomobillar va uy-joylar ham soliqqa tortilmaydi.

Ba'zan o'ylab qolaman: balki ulardan ham soliq undirilib, to'liq pullar chekka qishloqlarda yangi sport maydonchalari qurish va bolalar sportini rivojlantirishga yo'naltirilishi kerakdir...

@lazizhamidov
💯 63
👍 23
😁 5
🤬 5
❤‍🔥 1
2 3.8K
avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
16.04.2026 23:33
Joriy yilda Toshkent shahriga qoʻshimcha 500 million dollar jalb qilish maqsadida poytaxt yevrobondlari chiqarilishi kutilmoqda.

@lazizhamidov
👍 20
👎 3
2
😱 2
3 4K

Laziz Hamidov

9.8K
Men Laziz Hamidov ta’lim bo‘yicha jurnalistman, shuningdek, “Tasnif” agentligi rahbariman. Bu yerda shaxsiy qarashlarim, mulohazalarim va atrofdagi yangiliklarga bo‘lgan munosabatim haqida yozib boraman.

Taklif va mulohazalar uchun: @hamidovaloqa_bot
Открыть в Telegram