avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
20.04.2026 10:47
Aziza Qurbonova Facebook* sahifasida o‘g‘lining IELTS imtihoni bo‘lib o‘tayotgan bir vaqtda markazda chiroq o‘chib qolgani, bolalarning 2 soatlik mehnati va imtihongacha bo‘lgan tayyorgarliklari puchga chiqqanini yozibdi.

Men avval ham aytganman, yana qaytaraman: Biz hozir har qanday dabdabali tadbirni, ikkinchi darajali qurilishlarni va vaqtinchalik bayramlarni chetga surishimiz kerak. ​Davlatning bor resursi, aqliy va moliyaviy salohiyati faqat asosiy nuqtaga — energetika muammosini tubdan hal qilishga qaratilishi shart.

Dunyoda sun’iy intellekt va yuqori texnologiyalar poygasi ketyapti. Biz bu olamda shunchaki "yashab qolishimiz" uchun ham poydevorimiz — infratuzilmamiz mustahkam bo‘lishi kerak. Aks holda, eng iqtidorli yoshlarimizning mehnati Chilonzordagi yoki Yunusoboddagi eski simlarga bog‘lanib qolaveradi.

Biz har qadamda sun’iy intellekt, raqamlashtirish va "IT-hub"ga aylanish haqida gapiramiz. Lekin sun’iy intellektga ikkita asosiy narsa kerak: barqaror elektr energiyasi va yuqori tezlikdagi internet. Busiz har qanday neyrotarmoq shunchaki ishlamaydigan kodlar to‘plami xolos.

@lazizhamidov
👍 79
💯 19
😱 7
5
26 4.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Laziz Hamidov

9.8K
Men Laziz Hamidov ta’lim bo‘yicha jurnalistman, shuningdek, “Tasnif” agentligi rahbariman. Bu yerda shaxsiy qarashlarim, mulohazalarim va atrofdagi yangiliklarga bo‘lgan munosabatim haqida yozib boraman.

Taklif va mulohazalar uchun: @hamidovaloqa_bot
Открыть в Telegram