avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
22.04.2026 11:58
Dehqon bilan maslahatlashiladimi?

Sirdaryoning Yangiyer shahrida dehqonlar 80 tonna piyozni tekinga tarqatib yubormoqchi. Bizda Statistika agentligi va butun boshli Qishloq xo‘jaligi vazirligi bor. Ekspertchilar uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi va yana boshqa-boshqa tashkilotlar. Nuqul «eksport eksport» deb jar soladiganlar. Lekin dehqonga na qishloq xo‘jaligi mutasaddilari, na statistika agentligi — bozorning sig‘imi va eksport imkoniyatlarini hisoblab bermagan.

Biz 21-asrda yashayapmiz, «raqamlashtirish» haqida gapiramiz. Ammo qishloq xo‘jaligimizdagi boshqaruv haliyam o‘rta asrlar darajasida. Dehqonga nima ekish kerakligini hech kim aytmaydi.

Bir qarasa kartoshka topilmaydi, bir qarasa piyoz suv tekin, bodiring topilmay qoladi...

Piyozni tekinga tarqatish bilan dehqonning zarari qoplanmaydi, iqtisodiyotga foyda kelmaydi.

@lazizhamidov
💯 58
🤬 11
👎 2
😱 2
49 3.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Laziz Hamidov

9.8K
Men Laziz Hamidov ta’lim bo‘yicha jurnalistman, shuningdek, “Tasnif” agentligi rahbariman. Bu yerda shaxsiy qarashlarim, mulohazalarim va atrofdagi yangiliklarga bo‘lgan munosabatim haqida yozib boraman.

Taklif va mulohazalar uchun: @hamidovaloqa_bot
Открыть в Telegram