avatar
Laziz Hamidov
@lazizhamidov
19.04.2026 17:16
Davlat naqdsiz hisob-kitoblarni majburiy odatga aylantirishi g'alati, naqd pulni o'zining kartasiga kiritishida komissiya undirilishi undan-da g'alati.

Aslida men pulimni kartaga qo‘ysam, bank mening pulimdan foydalanadi (aylanma mablag‘ sifatida). Lekin hozirgi naqdsiz to'lov majburligidan kelib chiqadigan mantiq: men pulimni bankka "berganim" uchun yana bankka pul to‘layotganim.

Menimcha, bu tartibni ma’qullaganlar jamiyatda faqat oylikni kartada oladiganlar emas, balki o‘z mehnati bilan naqd pul topadigan millionlab hunarmandlar, dehqonlar va kichik tadbirkorlar borligini unutgan ko‘rinadi.

O'ylaymanki, agar davlat haqiqatda naqd pulsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirmoqchi (majburlash emas) bo‘lsa, birinchi navbatda pullarni kartaga "kirishi"ni mutlaqo qulay qilishi shart.

Aks holda, "inson qadri" degan so'zlar qog'ozda qolib, oddiy odam o‘zining pulini ishlatish uchun bankka o‘lpon to‘lashda davom etaveradi.

@lazizhamidov
💯 129
👍 29
🤬 6
❤‍🔥 4
2
26 4.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Laziz Hamidov

9.8K
Men Laziz Hamidov ta’lim bo‘yicha jurnalistman, shuningdek, “Tasnif” agentligi rahbariman. Bu yerda shaxsiy qarashlarim, mulohazalarim va atrofdagi yangiliklarga bo‘lgan munosabatim haqida yozib boraman.

Taklif va mulohazalar uchun: @hamidovaloqa_bot
Открыть в Telegram