avatar
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
23.07.2026 09:59
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Parrandachilik sohasi qo‘llab-quvvatlanadi


“Parrandachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–274-son, 23.07.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, parrandachilik xo‘jaliklari, parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar hamda “tayyor biznes” loyihalarini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan “Mikrokreditbank” ATBga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobidan kreditlar 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab 10 foiz stavkada ajratiladi.

✅ Bunda ushbu shartlar faqatgina yangi rasmiylashtiriladigan kredit shartnomalariga nisbatan tatbiq etiladi.

💸 2026-yil 1-avgustdan yuqoridagi resurslar hisobidan parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish yangi quvvatlarini (loyihalarni) ishga tushirishga hamda Prezidentning 2024-yil 27-iyundagi PQ–238-son qaroriga muvofiq “tayyor biznes” loyihalariga “Mikrokreditbank” ATB orqali yillik 10 foiz stavkada 4 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga kreditlar ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
22 2.4K
avatar
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
23.07.2026 08:04
#AdliyaTV #JonliEfir

❗️ Jarima ballari tizimi: haydovchilar nimalarni bilishi kerak?

🔎 Jarima ballari qanday hisoblanadi? Qaysi qoidabuzarliklar uchun jarima ballari beriladi?
❓ Ko‘pchilik haydovchilar jarima miqdorini yaxshi biladi. Ammo jarima ballari tizimi qanday ishlashi, ular qanday hisoblanishi va qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishi haqida barcha ham yetarli ma'lumotga ega emas.
✅ "Adliya TV"ning navbatdagi jonli efirida aynan shu savollarga javob beramiz.
Jonli efirda quyidagi mavzularni muhokama qilamiz:
🔹 Jarima ballari tizimi nima va u qanday tartibda amal qiladi?
🔹 Qaysi yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballari hisoblanadi?
🔹 Jarima ballari qanday tartibda yuritiladi va ularni qayerdan tekshirish mumkin?
🔹 Jarima ballari belgilangan me'yorga yetganda haydovchi uchun qanday huquqiy oqibatlar kelib chiqadi?
🔹 Jarima ballari qaysi hollarda hisoblanmaydi yoki bekor qilinishi mumkin?
🔹 Bu tizim yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashda qanday ahamiyatga ega?

📌 Shuningdek, siz yuborgan savollarga ham jonli efir davomida javob beriladi.

📅 Sana: 24.07.2026
🕒 Vaqt: 15:00

✍️ Savollaringizni oldindan @mehnatpodkast_bot orqali yuboring. Shuningdek, efir davomida ham o‘zingizni qiziqtirgan savollarni yo‘llashingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
11 1.5K
avatar
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
23.07.2026 06:24
#2026_yil_1_avgustdan

🚗 Qonunchilikka ko‘ra, “trade-in” dasturi doirasida eskirgan avtotransportlarni topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi transport vositalarini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
13 1.1K
avatar
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
22.07.2026 06:59
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

QQSning “nol” stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati belgilandi


Adliya vazirligi Qo‘shilgan qiymat solig‘ining “nol” stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (bundan paxta va g‘alla mustasno) ro‘yxatini (ro‘yxat raqami 3905, 21.07.2026-y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025 yil 4-sentabrdagi PF–153-son Farmoniga asosan 2026 yil 1 yanvardan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (paxta va g‘alladan tashqari) realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) «nol» foizlik stavkasi qo‘llaniladi.

✅ Shunga ko‘ra, QQSning «nol» stavkasi qo‘llaniladigan 516 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (bundan paxta va g‘alla mustasno) ro‘yxati tasdiqlandi.

⏭️ Ushbu Ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlarni yetishtirish uchun xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan QQS summasi qaytarib beriladi, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mazkur mablag‘lar 3 kun ichida avtomatlashtirilgan tartibda qaytariladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
14 2.4K
avatar
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
22.07.2026 05:06
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasi tashkil etiladi


“Madaniy tadbirlarning xalqaro jozibadorligini oshirish va sohaga zamonaviy boshqaruvni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–270-son, 17.07.2026-y.) qabul qilindi.

🏛 Qarorga ko‘ra, Madaniyat vazirligi huzuridagi “Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasi negizida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (Jamg‘arma) huzurida “Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasi (Milliy operator) tashkil etiladi.

✅ Milliy operatorga xalqaro va respublika miqyosidagi madaniy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish doirasida quyidagi imtiyoz va preferensiyalar beriladi:

🔹 jamoat tartibini ta’minlash, tez tibbiy yordam va yo‘l-patrul xizmatlaridan bepul foydalanish;

🔹 Milliy operator tomonidan o‘tkaziladigan madaniy tadbirlar doirasida O‘zbekistonga olib kiriladigan uskunalar, sahna va texnik vositalar, rekvizitlar, musiqa asboblari, LED-ekranlar, dronlar hamda boshqa moddiy qiymatliklarni 2030-yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod etish.

⌛️ Shuningdek, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini kelgusi yildan boshlab har 2 yilda 1 marotaba o‘tkaziladi.

🔎 Milliy operator Festivalga tashkiliy-texnik jihatdan tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha ijrochi operator etib belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
12 1.5K
avatar
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
21.07.2026 07:59


#2026_yil_1_avgustdan

💰 Qonunchilikka ko‘ra, soliq organlarining mijozlarga yo‘naltirilganlik indeksi joriy etiladi. Bunda soliq to‘lovchilar tomonidan:

🔹 soliq xizmatlaridan foydalanish imkoniyati va qulayligi, shuningdek, soliq organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini;

🔹 soliq majburiyatlarini bajarish uchun sarflanadigan vaqt hamda soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro hamkorligi darajasini baholash imkoniyati yaratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
13 4.2K
avatar
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
21.07.2026 06:25
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Islomiy bank faoliyatini litsenziyalash tartib-taomillari belgilandi


Adliya vazirligi Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3252-7, 2026-yil 17-iyul).

🗒 "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq islomiy bank faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi.

▶️ Mazkur idoraviy hujjat bilan tadbirkorlik subyektlari tomonidan islomiy bank tashkil etish hamda an’anaviy banklar tomonidan "islomiy darchalar" ochish bo‘yicha huquqiy asoslar yaratildi.

❗️ Bunda, islomiy banklar ("islomiy darchalar")ni tashkil etish etishda quyidagilar majburiy hisoblanadi:

🔹 Islomiy moliya kengashi a’zolarining Markaziy bank bilan kelishilganligi;

🔹 Markaziy bankning malaka talablariga muvofiq bo‘lgan islomiy bank faoliyatiga mas’ul bo‘lgan rahbar xodimning mavjud bo‘lishi;

🔹 islomiy moliya standartlariga muvofiqlik siyosatining mavjudligi va boshqalar.

❇️ Bankning islomiy moliya kengashida:

1️⃣ kamida 3 ta a’zo, shu jumladan rais va uning o‘rinbosari islomshunoslik mutaxassisliklari yoxud ushbu fanlar o‘qitilgan mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga;

qolgan a’zolar moliya-iqtisod, yuridik yoki islomshunoslik mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi lozim;

2️⃣ islomshunoslik mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan a’zolar (islom huquqi bo‘yicha mutaxassis a’zo) islom huquqini qo‘llash sohasida 5 yillik ish tajribasiga;

moliya-iqtisod yoki yuridik mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan a’zolar (texnik ekspert a’zo) bank yoki moliya tizimida yoxud huquq sohasida 7 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak;

3️⃣ kamida 1 ta a’zo (2027-yil 1-iyuldan barcha a’zolar) AAOIFI tashkiloti tomonidan berilgan sertifikatlardan biriga ega bo‘lishi zarur;

4️⃣ barcha islom huquqi bo‘yicha mutaxassis a’zolar arab tilini bilishi, shu jumladan arab tilidagi islom huquqi masalalariga oid birlamchi manbalarni tushunishi va izohlay olishi lozim.

📁 Islomiy bank faoliyatiga mas’ul bo‘lgan rahbar xodim bank yoki moliya tizimida 7 yillik ish tajribasiga, moliya-iqtisod yoki islomiy moliyasi yo‘nalishida oliy ma’lumotga hamda AAOIFI tomonidan berilgan sertifikatlardan biriga ega bo‘lishi lozim.

⛔️ Bunda tashqari, Markaziy bank bilan kelishib olingan bankning rahbar xodimlari o‘z majburiyatlarini bajarishga kirishganligi to‘g‘risida 5 ish kuni ichida Markaziy bankni yozma ravishda xabardor etish talabi bekor qilinmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
12 1.6K
avatar
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
21.07.2026 05:34
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlashda laboratoriya sinovlarini amalga oshirish tartibi belgilandi


Adliya vazirligida Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda laboratoriya sinovlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3904, 20.07.2026-y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

🔰 Ushbu nizom avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda bajarilgan ishlarning, yo‘l qurilishiga oid hujjatlarga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha laboratoriya sinovlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

📝 Mazkur hujjatda quyidagi masalalar belgilangan:

🔹 bajarilgan ishlarning sifati ustidan pudrat tashkiloti tomonidan doimiy ravishda laboratoriya nazorati ta’minlanadi;

🔹 pudratchining o‘zida sinash laboratoriyasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, shartnoma asosida jalb etiladi;

🔹 buyurtmachi tomonidan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda bajarilgan ish hajmlarini pudrat tashkilotidan qabul qilib olishda yo‘l qurilishiga oid hujjatlarga muvofiqligi va sifati ta’minlanganligini aniqlash uchun sinash laboratoriyasi jalb qilinadi;

🔹 buyurtmachi tomonidan tomonidan jalb etiladigan sinash laboratoriyasi akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lishi va uni jalb qilish O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi;

🔹 buyurtmachi tomonidan pudrat tashkilotining sinash laboratoriyasini yoki u tomondan jalb etilgan sinash laboratoriyasini jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
10 2.4K
avatar
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
20.07.2026 07:14
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan hamkorlikda stipendiatlar uchun ajratiladigan mablag‘lar yanada samarali yo‘naltiriladi


Qarorga ko‘ra, Oliy maktab faoliyati Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari andozasi asosida yo‘lga qo‘yiladi.

🔸 Oliy maktab bilan texnikumlar hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:

🔸 integratsiyalashgan ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlarda ushbu dasturlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Oliy maktabning tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishida kirish imtihonlarisiz o‘qishni davom ettirishga ruxsat beriladi;

🔸 integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan o‘quvchilarning kreditlari xorijiy yetakchi hamkor ta’lim tashkilotlari tomonidan tan olinishi ta’minlanadi.

☑️ “El-yurt umidi” jamg‘armasiga stipendiya dasturlari doirasida 2027/2028-o‘quv yilidan belgilangan tartibda tanlovdan o‘tgan talabgorlarning quyidagi xarajatlarini moliyalashtirishga ruxsat beriladi:

▫️ Oliy maktab va boshqa oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan, top-300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, sohaviy yetakchi oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishni uzluksiz davom ettirish imkoniga ega bo‘lgan talabalarning xorijdagi o‘qishini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarini;

▪️ belgilangan oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga shartli qabul qilingan talabgorlar uchun Oliy maktab va boshqa mahalliy oliy ta’lim tashkilotlarida integratsiyalashgan dasturlar asosida tashkil etiladigan 1-kurs (bosqich) (foundation) dasturlari o‘qish xarajatlarini (tuition fee).

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
10 2.2K
avatar
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
20.07.2026 06:55
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etiladi


“Respublikada xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–269-son, 17.07.2026-y.) qabul qilindi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda integratsiyalashgan ta’lim dasturlarini joriy etish maqsadida Buyuk Britaniyaning “IQF – Integrated qualifications framework” ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda Xalqaro malakalar va baholash markazi (Markaz) tashkil etilgan.

🔰 Qarorga ko‘ra, Markazga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:

🔹 ishlab chiqilgan integratsiyalashgan dasturlarni QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) xalqaro reyting tashkilotlari global reytingining top-100 talik ro‘yxatiga kiruvchi hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining akademik talablariga solishtirish va muvofiqlashtirish;

🔹 top-100 talik ro‘yxatga kiruvchi hamkor oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tan olinadigan bakalavriatda “1+3”, “2+2”, magistraturada “1+1” kabi ta’lim modellarini ishlab chiqish;

🔹 🏛O‘zbekiston Respublikasida yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomini berishga qaratilgan tuzilmalarni (kampus, filial, franshiza, ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazlari va boshqalar) tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishish.

🏛 Buyuk Britaniya ilg‘or tajribasi asosida integratsiyalashgan ta’lim dasturlarini joriy qilishni yanada kengaytirish maqsadida tajriba-sinov tariqasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi (Oliy maktab) tashkil etilishi belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
9 2.6K
avatar
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
20.07.2026 04:59
#Adliya_xabari

📢 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi faoliyati hamda sud boshqaruvchilari faoliyati yuzasidan taklif, shikoyat va murojaatlaringizni tezkor ko‘rib chiqish maqsadida maxsus Telegram botlari ishga tushirildi.

Agar sizda Agentlik yoki sud boshqaruvchilari faoliyatiga oid:
taklif va tashabbuslar;
shikoyatlar;
ariza va murojaatlar mavjud bo‘lsa,
ularni quyidagi aloqa kanallari orqali yuborishingiz mumkin:

🔹Agentlik va sud boshqaruvchilari faoliyati bo‘yicha: @insolvency_murojaat_Bot

🔹To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligidagi korrupsiyaga oid huqubuzarlik holatlari bo‘yicha: @tolovga_qobiliyatsizlik_bot

Shuningdek Adliya vazirligining “Ishonch telefoni” 1008 qisqa raqami orqali murojaat qoldirishingiz mumkin.

📩 Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va qonunchilikda belgilangan muddatlarda javob taqdim etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
20 2.9K

Huquqiy axborot | Lotin

7.2K
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Открыть в Telegram