#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etiladi
“Respublikada xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–269-son, 17.07.2026-y.) qabul qilindi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda integratsiyalashgan ta’lim dasturlarini joriy etish maqsadida Buyuk Britaniyaning “IQF – Integrated qualifications framework” ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda Xalqaro malakalar va baholash markazi (Markaz) tashkil etilgan.
🔰 Qarorga ko‘ra, Markazga quyidagi
qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:
🔹 ishlab chiqilgan integratsiyalashgan dasturlarni
QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) xalqaro reyting tashkilotlari global reytingining top-100 talik ro‘yxatiga kiruvchi hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining akademik talablariga solishtirish va muvofiqlashtirish;
🔹 top-100 talik ro‘yxatga kiruvchi hamkor oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tan olinadigan bakalavriatda
“1+3”, “2+2”, magistraturada “1+1” kabi ta’lim modellarini ishlab chiqish;
🔹 🏛O‘zbekiston Respublikasida yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomini berishga qaratilgan tuzilmalarni
(kampus, filial, franshiza, ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazlari va boshqalar) tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishish.
🏛 Buyuk Britaniya ilg‘or tajribasi asosida integratsiyalashgan ta’lim dasturlarini joriy qilishni yanada kengaytirish maqsadida tajriba-sinov tariqasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida
Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi (Oliy maktab) tashkil etilishi belgilandi.
Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram