#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Soliq to‘lovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati yaxshilanadi
“Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy
yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–95-son, 19.05.2026-y.) qabul qilindi.
🔰 Farmonga ko‘ra, quyidagilar ushbu Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi:
🔹
2030-yilga qadar Jahon bankining
“Business ready” reytingida soliq yo‘nalishi bo‘yicha birinchi darajaga chiqish;
🔹 soliq xizmatlari sifatini yaxshilash va soliq to‘lovchilarning soliq organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash.
⏳
2026-yil 1 iyuldan:
🔸 tekshiruvdan oldingi tahlil doirasida aniqlangan tafovutlar bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki asoslovchi hujjatlarni
taqdim etish majburiyati bekor qilinadi;
🔸 soliq xavfi o‘rta bo‘lgan soliq to‘lovchilarga aniqlangan xavflar to‘g‘risida xabarnoma yuborish tizimi joriy etiladi. Bunda aniqlangan kamchiliklar
1 oy ichida bartaraf etilgan taqdirda, soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi;
🔸 yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga ularning ixtiyoriga ko‘ra dastlabki
6 oy davomida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuborish xizmati “Soliq-servis” AJ tomonidan bepul amalga oshiriladi.
✅
2026-yil 1-avgustdan soliq organlarining mijozlarga yo‘naltirilganlik indeksi joriy etiladi. Bunda soliq to‘lovchilar tomonidan:
▪️ soliq xizmatlaridan foydalanish imkoniyati va qulayligi, shuningdek, soliq organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini;
▪️ soliq majburiyatlarini bajarish uchun sarflanadigan vaqt hamda soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro hamkorligi darajasini
baholash imkoniyati yaratiladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram