#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasi tashkil etiladi
“Madaniy tadbirlarning xalqaro jozibadorligini oshirish va sohaga zamonaviy boshqaruvni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–270-son, 17.07.2026-y.) qabul qilindi.
🏛 Qarorga ko‘ra, Madaniyat vazirligi huzuridagi “Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasi negizida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (Jamg‘arma) huzurida
“Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasi (Milliy operator) tashkil etiladi.
✅ Milliy operatorga xalqaro va respublika miqyosidagi madaniy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish doirasida quyidagi
imtiyoz va preferensiyalar beriladi:
🔹 jamoat tartibini ta’minlash, tez tibbiy yordam va yo‘l-patrul xizmatlaridan
bepul foydalanish;
🔹 Milliy operator tomonidan o‘tkaziladigan madaniy tadbirlar doirasida O‘zbekistonga olib kiriladigan uskunalar, sahna va texnik vositalar, rekvizitlar, musiqa asboblari, LED-ekranlar, dronlar hamda boshqa moddiy qiymatliklarni
2030-yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod etish.
⌛️ Shuningdek, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini kelgusi yildan boshlab
har 2 yilda 1 marotaba o‘tkaziladi.
🔎 Milliy operator Festivalga tashkiliy-texnik jihatdan tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha ijrochi operator etib belgilandi.
Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram