#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan hamkorlikda stipendiatlar uchun ajratiladigan mablag‘lar yanada samarali yo‘naltiriladi
✅
Qarorga ko‘ra, Oliy maktab faoliyati
Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari andozasi asosida yo‘lga qo‘yiladi.
🔸 Oliy maktab bilan texnikumlar hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:
🔸 integratsiyalashgan ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlarda ushbu dasturlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Oliy maktabning tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishida
kirish imtihonlarisiz o‘qishni davom ettirishga ruxsat beriladi;
🔸 integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan o‘quvchilarning kreditlari xorijiy yetakchi hamkor ta’lim tashkilotlari tomonidan tan olinishi ta’minlanadi.
☑️ “El-yurt umidi” jamg‘armasiga stipendiya dasturlari doirasida
2027/2028-o‘quv yilidan belgilangan tartibda tanlovdan o‘tgan talabgorlarning quyidagi xarajatlarini moliyalashtirishga ruxsat beriladi:
▫️ Oliy maktab va boshqa oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan,
top-300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, sohaviy yetakchi oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishni uzluksiz davom ettirish imkoniga ega bo‘lgan talabalarning xorijdagi o‘qishini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarini;
▪️ belgilangan oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga
shartli qabul qilingan talabgorlar uchun Oliy maktab va boshqa mahalliy oliy ta’lim tashkilotlarida integratsiyalashgan dasturlar asosida tashkil etiladigan
1-kurs (bosqich) (foundation) dasturlari o‘qish xarajatlarini (tuition fee).
Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram