avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
01.06.2026 11:10
Qualcomm hamyonbop Snapdragon C chiplar lineykasini taqdim etdi

Qualcomm Windows operatsion tizimida ishlovchi arzon ARM-kompyuterlar uchun mo‘ljallangan yangi Snapdragon C protsessorlari lineykasini e’lon qildi.

Bu byudjet segmentiga mansub chiplar bo‘lib, ularni narxi 300 dollardan boshlanuvchi noutbuklarga o‘rnatish rejalashtirilgan. Asosiy e’tibor faol sovutishsiz ishlash, uzoq batareya muddati va sun’iy intellektning bazaviy funksiyalariga qaratilgan.

Yangi platformada eng kuchli noutbuk va smartfon chiplarida qo‘llaniladigan flagman Oryon yadrolari ishlatilmagan. Buning o‘rniga, arzon smartfonlar va Chromebook qurilmalarida qo‘llanib kelayotgan Kryo yadrolaridan foydalanilgan.

Sun’iy intellekt funksiyalari uchun NPU bloki mavjud bo‘lsa-da, kompaniya yangi chiplar Microsoft kompaniyasining Copilot+ PC talablari darajasiga mos kelmasligini tan oldi. Shu sababli ushbu protsessorlar asosidagi noutbuklar Copilot+ platformasining barcha imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Ma’lum qilinishicha, Snapdragon C platformasiga asoslangan ilk qurilmalar 2026-yilda sotuvga chiqadi. Loyiha hamkorlari qatorida Acer, HP va Lenovo kompaniyalari borligi aytilmoqda.
9
🔥 4
🤔 1
3 1K
avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
01.06.2026 09:10
HyperOS 4 iyul–avgust oylarida taqdim etiladi

2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha hisobot davomida HyperOS tizimining navbatdagi yirik yangilanishi chiqish sanasi tilga olindi. Biroq yangi tizim haqiqatan ham HyperOS 4 nomi bilan taqdim etiladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Dastlabki beta-versiyalar iyun oyidayoq paydo bo‘lishi kutilmoqda. Bu odatdagidan bir necha oy oldinroq hisoblanadi. Taqqoslash uchun, HyperOS 3 2025-yil avgust oyining oxirida rasman taqdim etilgan edi.
🔥 8
👍 1
2 4 1.1K
avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
01.06.2026 07:10
Keng Galaxy Z Fold modelining real hayotdagi ko‘rinishi

Samsung kompaniyasining yangi keng formatdagi buklanadigan smartfoni kompaniya xodimlaridan birining qo‘lida paydo bo‘ldi. Suratni Janubiy Koreyaning DCinside forumidagi foydalanuvchi ulashgan.

Mish-mishlarga ko‘ra, keng formatdagi buklanadigan model Galaxy Z Fold 8 deb nomlanadi, Galaxy Z Fold 7 vorisi esa Galaxy Z Fold 8 Ultra nomi bilan taqdim etiladi.

Yangi buklanadigan smartfonlarining taqdimoti 22-iyul kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
🔥 11
3
4 1.2K
avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
30.05.2026 07:05
Insayd: Huawei kompaniaysining navbatdagi protsessori unumdorlik borasida “ulkan sakrash qiladi

X ijtimoiy tarmog‘idagi szslg blogeri xabar berishicha, Huawei kompaniyasining navbatdagi flagman smartfoni — Huawei Mate 90 — avvalgi avlodlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan Kirin 9050 chipi bilan jihozlanadi.

Protsessor Huawei kompaniaysining yarimo‘tkazgichlar yo‘nalishi prezidenti Xe Tinbo tomonidan taqdim etilgan eng yangi uch o‘lchamli (3D) mantiqiy qatlamlash texnologiyasidan foydalanadi.

Mazkur texnologiyaning mohiyati komponentlarni vertikal tarzda joylashtirish orqali tranzistorlar zichligini oshirishdan iborat. Bu esa eng zamonaviy texnologik jarayonlardan foydalanmasdan ham unumdorlikni sezilarli ravishda oshirish imkonini beradi. Avvalgi avlod bilan taqqoslaganda, tranzistorlar zichligi 50 foizdan ortiqqa ko‘paygan.

Blogerning ta’kidlashicha, chipning hozirgi versiyasi allaqachon Apple A18 protsessoridan ustun va TSMC kompaniyasining 3 nanometrli chiplariga deyarli teng natijalarni namoyish etmoqda.

Biroq issiqlik ajralishi masalasi hali ham ochiq qolmoqda. Soha tahlilchilarining fikriga ko‘ra, bunday yondashuv protsessorlarning ko‘proq qizishiga olib keladi. Shu sababli maksimal unumdorlikka erishish uchun samarali sovutish tizimini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
🔥 17
3
🗿 3
👍 1
1 5 1.4K
avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
29.05.2026 13:10
Insayd: Galaxy A27 renderlari va texnik xususiyatlari oshkor bo‘ldi

Samsung kompaniyasining yaqinlashayotgan budjet smartfoni Galaxy A27 modelining rasmiy renderlari va texnik xususiyatlari bilan MySmartPrice bo‘lishdi.

Samsung Exynos 1380 protsessoridan voz kechib, Qualcomm brendining Snapdragon 6 Gen 3 chipiga o‘tgan. Kameralarning bir qismi esa soddalashtiriladi: keng burchakli modul Galaxy A26 modelidagi 8 MP o‘rniga 5 MP bo‘ladi, old kamera esa 13 MP o‘rniga 12 MP bo‘lishi kutilmoqda.

Yana bir yoqimsiz o‘zgarish — kompaniya microSD slotidan voz kechadi. Oldingi model 1 TB gacha bo‘lgan xotira kartalarini qo‘llab-quvvatlagan edi. Qolgan xususiyatlar quyidagicha: bazaviy versiyada 6+128 GB xotira, 25 Vt quvvatlashni qo‘llovchi 5000 mA·soat batareya hamda qutidan Android 16 va One UI 8.5 qobig‘i bilan chiqadi.

Manbaga ko‘ra, smartfonning eng ehtimoliy taqdimot muddati — 2026-yil yoz fasli.
👎 14
👍 8
3
🔥 1
14 8 1.5K
avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
29.05.2026 11:10
“Xalq flagmanlari” — Xiaomi 17T va 17T Pro rasman taqdim etildi

Smartfonlar dizayni avvalgi modellardan deyarli farq qilmaydi, biroq ichki qismida bir nechta kichik yangilanishlar mavjud.

Bazaviy Xiaomi 17T modeli Dimensity 8500 chipsetiga ega bo‘ldi, 17T Pro esa Dimensity 9500 protsessori bilan jihozlandi. Akkumulyator sig‘imi mos ravishda 6500 va 7000 mA/soatgacha oshirilgan.

Har ikkala smartfon ham Leica Summilux optikasi, 5 karra teleobyektiv va 120 karra raqamli zum qo‘llab-quvvatloviga ega.

Asosiy xususiyatlari:

• Displeylar: 6,59” 2756×1268 AMOLED, 120 Hz / 6,83” 2772×1280 AMOLED, 144 Hz;
• Chipsetlar: Dimensity 8500 / Dimensity 9500;
• Xotira: 12+256, 12+512 GB / 12+512, 12+1024 GB;
• Kameralar: 50 MP + 50 MP periskop + 12 MP ultra-keng burchakli + 32 MP old kamera;
• Aloqa: 5G, NFC, Wi-Fi 6, Bluetooth 6.0;
• Biometriya: ekrandagi barmoq izi skaneri, yuzni aniqlash funksiyasi;
• Suvdan himoya: IP68;
• Akkumulyator va quvvatlash: 6500 mA/soat, 67 Vt / 7000 mA/soat, 100 Vt:
• Narxlar: 749 evrodan (~$875) / 899 evrodan (~$1050) boshlanadi.
🔥 12
4
7 4 1.4K
avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
29.05.2026 09:10
Vertu lyuks buklanadigan smartfonni taqdim etdi

Brend yangi Alphafold smartfonini ilg‘or Hermes AI-agenti bilan birga namoyish qildi. Ushbu yordamchi ish jarayonlarini mustaqil boshqarishi, savdo ma’lumotlarini yig‘ishi va rahbarning ish jadvalini rejalashtirishi mumkin.

Buklanadigan smartfon 8,05 dyuymli ichki va 6,53 dyuymli tashqi egiluvchan ekran bilan jihozlangan. Qurilmadagi titan sharnir esa 650 ming martagacha buklanishga chidamli qilib ishlab chiqilgan.

Smartfon flagman darajadagi Qualcomm Snapdragon 8 Elite protsessorida ishlaydi. Qurilma simli va simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlovchi 6500 mA/soat sig‘imli kremniy-uglerod batareyasi bilan ta’minlangan.

Suratga olish uchun 50 MP asosiy kamera, 50 MP keng burchakli kamera va 5 MP teleobyektivdan iborat uch kamerali modul javob beradi.

Kompaniya o‘zining lyuks an’analarini saqlab qolgan — korpuslar alligator terisi, oltin va olmoslardan foydalanilgan holda qo‘lda yig‘iladi. Har bir gadjet ichida esa uni yig‘gan ustaning imzosi yashirilgan bo‘ladi.

Smartfon allaqachon sotuvga chiqarilgan. Narxlar buzoq terisidan tayyorlangan bazaviy versiya uchun $6800 dan boshlanadi, qimmatbaho materiallardan tayyorlangan individual model esa $43 800 gacha yetadi.
🔥 14
2
👍 2
🤔 2
4 7 1.5K
avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
27.05.2026 12:20
🔥 22
👍 2
🤯 2
😍 2
3 5 1.8K
avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
27.05.2026 07:10
Samsung Galaxy Z Fold smartfonlarining nomlanishini o‘zgartirishi mumkin

Android Headlines nashrining xabar berishicha, bu yil Samsung Galaxy Z Fold lineykasining nomlash tizimini o‘zgartiradi: kengroq Fold 8 Wide modeli oddiyroq Galaxy Z Fold 8 nomi bilan chiqishi mumkin, Fold 8 Ultra esa Fold 7 modelining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorisiga aylanadi.

Mish-mishlarga ko‘ra, Samsung Galaxy Z Fold 8 kengroq korpusga ega bo‘ladi: tashqi ekran 5,4 dyuym, ichki ekran esa 7,6 dyuymni tashkil etadi. Biroq qurilma kameralardan biridan ayrilishi mumkin. Shuningdek, Snapdragon 8 Elite Gen 5 for Galaxy chipi, 5000 mA/soat sig‘imli batareya va 45 Vtgacha tezkor quvvatlash qo‘llab-quvvatlanishi kutilmoqda.

Fold 8 Ultra esa xuddi shu texnik xususiyatlarni saqlab qolgan holda, kameralar to‘plamini yo‘qotmaydi va yangi 50 MP ultra-keng burchakli kameraga ega bo‘lishi mumkin. Ayrim insayderlar bukilish izini deyarli yo‘q qiladigan ikki qatlamli ultra yupqa shisha haqida ham ma’lumot bermoqda.

Bundan tashqari, Samsung ikkala modelga ham S Pen stilusini qaytarishi mumkin. Bu haqda avvalroq Korea Economic Times nashri yozgan edi.

Samsung Galaxy Z Fold 8, Flip 8 va Fold 8 Ultra smartfonlarini yozda — 22-iyul kuni taqdim etishi kutilmoqda.
🔥 10
6
👍 2
🗿 1
5 1.7K
avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
26.05.2026 09:15
OPPO o‘rta byudjetli Reno lineykasini Reno 16 va Reno 16 Pro modellari bilan yangiladi

Har ikki model yangi chipsetlarga ega bo‘ldi, batareya sig‘imi esa 500 mA·soatga oshirildi, Reno 16 Pro modelining asosiy kamerasi esa gimbal-stabilizatsiya bilan jihozlandi.

Afsuski, boshqa o‘zgarishlar e’lon qilinmadi.

Asosiy xususiyatlari:

• Displey: 6,32” 2640×1216 AMOLED, 120 Hz / 6,78” 2772×1272 LTPO OLED, 1–120 Hz;
• Chipset: Dimensity 8550 Super / Dimensity 9500s;
• Kameralar: 200 MP + 50 MP ultra-keng burchakli + 50 MP periskop + 50 MP old kamera;
• Xotira: 12+256, 12+512, 16+256, 16+512, 16+1024 GB / 12+256, 12+512, 16+512 GB;
• Aloqa: 5G, NFC, Wi-Fi 6, Bluetooth 5.4 / 5G, NFC, Wi-Fi 7, Bluetooth 5.4;
• Himoya: IP69K;
• Batareya va quvvatlash: 6700 mA·soat, 80 Vt / 7000 mA·soat, 80 Vt, 50 Vt simsiz quvvatlash;
• Narxi: 3499 yuandan (~$515) / 4499 yuandan (~$665) boshlanadi.
13
👍 4
🔥 1
4 5 1.9K
avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
25.05.2026 11:05
ASUS ROG brendi ostidagi ilk operativ xotirasini taqdim etdi

ROG brendining 20 yilligi munosabati bilan Asus kompaniyasi tarixdagi ilk o‘zi ishlab chiqargan kompyuter operativ xotirasini — Asus ROG Edition 20 DDR5 modelini namoyish qildi. Xotira ishlab chiqaruvchisi sifatida Xitoyning Biwin kompaniyasi ishtirok etgan.

Operativ xotira ROG brendining an’anaviy qora-qizil dizaynida ishlangan bo‘lib, har biri 24 GB hajmdagi ikkita moduldan iborat. Ular DDR5-6000 rejimida 26–36–36–76 tayminglari bilan ishlaydi.

Shuningdek, xotira 8000 MT/s rejimini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bu holatda tayminglar 36–48–48–110 bo‘ladi. Aniq sozlash imkoniyati esa ayrim Asus ROG ona platalarida mavjud.

Modul keng moslik uchun AMD EXPO va Intel XMP profillarini qo‘llab-quvvatlaydi. Sovitish tizimi sifatida Asus RGB yoritgichli alyuminiy radiatorlardan foydalangan.

Hozircha Asus kompaniyasining ushbu “operativka”si faqat Xitoy bozorida sotuvga chiqadi. Narxi — 5999 yuan (~$885). Kompaniya unga umrbod kafolat berishini ma’lum qilgan.
15
🤔 3
👍 1
2 7 2K
avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
25.05.2026 08:10
ZDNet: Samsung bazaviy Galaxy S27 smartfonlarida uchinchi tomon ekranlaridan foydalanishi mumkin

ZDNet ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyning elektron komponentlar ishlab chiqaruvchisi BOE Samsung kompaniyasiga Galaxy S27 lineykasining bazaviy modellari uchun o‘z OLED ekranlarini taklif qilgan.

Nashr yozishicha, Samsung hozir ushbu imkoniyatni o‘rganmoqda va o‘tgan oy taklif etilgan matritsalarni texnik tahlildan o‘tkazishni boshlagan. Kompaniya ekranlar sifatini “yetarlicha yaxshi” deb baholamoqda.

Smartfon ishlab chiqaruvchisi yangi yetkazib beruvchiga qisman o‘tishi mumkinligining asosiy sababi — komponentlar narxi. ZDNet ta’kidlashicha, BOE bir dona ekran uchun Samsung Display kompaniyasidan taxminan 5 dollar arzonroq narx so‘ramoqda. So‘nggi yillarda esa Galaxy S qurilmalarining barcha displeylarini aynan Samsung Display yetkazib bergan.

Hozircha tomonlar yakuniy qarorga kelmagan. Ayni paytda BOE Samsung uchun asosan Galaxy A kabi o‘rta byudjetli smartfonlar ekranlarini yetkazib bermoqda.
🔥 6
2
👍 1
3 7 1.8K
avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
23.05.2026 09:10
realme Hindistonda 8000 mA·soat sig‘imli katta batareyaga ega realme 16T budjet smartfonini taqdim etdi

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, bu sig‘im qurilmadan uch kungacha foydalanish uchun yetadi. Zaryadlash esa unchalik tez emas — atigi 45 Vt. Smartfonda bypass va reversiv zaryadlash qo‘llab-quvvatlanadi, ya’ni uni powerbank sifatida ham ishlatish mumkin.

Qolgan texnik jihozlar rekord darajada emas: Dimensity 6300 protsessori, HD-displey (ammo 144 Hz yangilanish tezligi bilan) hamda 50 MP asosiy kamera va unga qo‘shimcha 2 MP monoxrom sensor mavjud.

Texnik xususiyatlari:

• O‘lchamlari: 166,6 × 77,82 × 8,8 mm, vazni 224 gramm;
• Displey: 6,8”, 1570 × 720, yangilanish tezligi 144 Hz gacha, yorqinligi 1200 nit gacha;
• Protsessor: MediaTek Dimensity 6300;
• Xotira: 6/8 GB RAM + 128/256 GB UFS 2.2 doimiy xotira;
• Kameralar: 50 MP, f/1.8 (asosiy); 2 MP, f/2.4 (monoxrom); 16 MP, f/2.4 (frontal);
• Batareya: 8000 mA·soat, 45 Vt quvvatlash;
• Aloqa: 5G, Wi-Fi 5, Bluetooth 5.3, USB-C 2.0;
• Operatsion tizim: Android 16 (realme UI 7.0).

realme 16T Hindistonda oldindan buyurtma uchun ochildi. 6/128 GB xotirali versiyasi 30 ming rupiy (~$315) narxda taklif qilinmoqda.
👍 9
4
🔥 3
👎 1
3 4 2K
avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
22.05.2026 15:10
ETNews: Samsung Galaxy S27 Pro 6,47 dyuymli OLED-displeyga ega bo‘ladi

ETNews nashri xabar berishicha, bo‘lajak Samsung Galaxy S27 Pro 6,47 dyuymli OLED-ekran bilan jihozlanadi. Taqqoslash uchun, bazaviy Samsung Galaxy S26 modeli 6,3 dyuymli, Samsung Galaxy S26 Plus esa 6,7 dyuymli displeyga ega.

Samsung Galaxy S27 qatorini yangi Pro modeli bilan kengaytirishni rejalashtirayotgani haqida ETNews joriy yilning aprel oyida ham yozgan edi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, yangi qurilma texnik xususiyatlari jihatidan bo‘lajak Samsung Galaxy S27 Ultra modeliga yaqin bo‘ladi.

Smartfon flagman darajadagi Qualcomm Snapdragon chipiga ega bo‘ladi, biroq qaysi model ishlatilishi hozircha ochiqlanmagan. Shuningdek, qurilmadagi kameralar bazaviy S27 modeliga qaraganda ancha yaxshilangan bo‘lishi aytilmoqda.

Bundan tashqari, smartfon kompaniyaning mashhur S Pen stilusini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Galaxy S27 lineykasining taqdimoti 2027-yilning birinchi yarmiga rejalashtirilgan.
👍 15
5
🔥 3
😢 3
🤔 2
5 7 2K
avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
22.05.2026 13:10
WhatsApp xabarlarni o‘qilgandan so‘ng o‘chirish funksiyasini tayyorlamoqda

WABetaInfo profil portali ma’lumotiga ko‘ra, WhatsApp’da “o‘qilgandan keyin yoqib yuborish” funksiyasi paydo bo‘ladi.

Messendjerning iOS va Android uchun so‘nggi beta-versiyalarida endi o’chib ketadigan xabarlar suhbatdoshi ularni ochishi bilan darhol o‘chib ketadi.

Manbaga ko‘ra, taymerni o‘qilgandan keyin 5 daqiqa, 1 soat yoki 12 soatga sozlash mumkin bo‘ladi. Agar chat umuman ochilmasa ham, xabar baribir 24 soat ichida avtomatik o‘chib ketadi.

Hozirda ushbu yangilik faol sinovdan o‘tkazilmoqda, biroq u allaqachon App Store’dagi oddiy foydalanuvchilar orasida ham payqalmoqda. Demak, barcha uchun to‘liq yangilanish yaqin orada taqdim etilishi kutilmoqda.
🔥 11
2
👍 1
2 2 1.9K
avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
22.05.2026 11:10
Wear OS 7 aqlli soatlarga Android 17 tizimidagi eng qulay funksiyalardan birini olib keladi

Google I/O 2026 konferensiyasida Google ortiqcha shovqinsiz Wear OS 7 yangilanishini taqdim etdi. Oldingi kamtarona yangilanishlardan farqli ravishda, yangi “proshivka” Android-soatlarga haqiqatan foydali funksiyalarni olib keladi.

Google e’loniga ko‘ra, eski kartochkalar tizimi o‘rnini turli o‘lchamdagi moslashuvchan Wear Widgets vidjetlari egallaydi. Ular orasida 2x1 va 2x2 formatlari ham mavjud.

Ammo bundan ham qiziqrog‘i — smartfonlardan ko‘chib o‘tgan “jonli yangilanishlar” funksiyasi. Endi foydalanuvchi bilagida real vaqt rejimida taksi qayerda ekanini yoki pitsa qachon yetib kelishini ko‘ra oladi.

Bundan tashqari, Gemini neyrotarmog‘i integratsiyasi kundalik vazifalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri soat ekranida bajarishga yordam beradi va telefonga murojaat qilish zaruratini kamaytiradi.

Google sport funksiyalarini ham tartibga solmoqda. Workout Track yordamida uchinchi tomon servislar yagona interfeys, umumiy yurak urishi ekrani va pleyer boshqaruviga ega bo‘ladi.

Yakunda ishlab chiquvchilar kod optimallashtirilishini ham va’da qilishdi — bu aqlli soatlar batareyasi ishlash muddatini o‘rtacha 10% ga uzaytiradi.

Google hozircha aniq reliz sanalarini oshkor qilmagan, biroq birinchi bo‘lib yirik yangilanishni Samsung Galaxy Watch va Google Pixel Watch flagman modellari olishi mumkin.
6
🔥 6
👍 1
1 2 1.7K
avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
22.05.2026 09:10
Tesla Model S va Model X modellarini ishlab chiqarilishini to‘xtatdi

Bu haqda kompaniya o‘zining X platformasidagi rasmiy akkaunti orqali ommaga ma’lum qildi.

“Oxirgi Model S va oxirgi Model X Fremont Factory zavodida ishlab chiqarildi. Model S uchun 14 yillik, Model X uchun esa 11 yillik tarix yakunlandi 🫡”.

Mazkur modellar ishlab chiqarilishi to‘xtatilishi rejalashtirilayotgani haqida ilk bor 2026-yil yanvar oyida ma’lum bo‘lgandi. Taxmin qilinishicha, bo‘shagan ishlab chiqarish quvvatlari Optimus robotlarini ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.
🔥 12
3
2 1.6K
avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
21.05.2026 06:05
Samarqand ikki kun davomida Yevrosiyaning raqamli kelajagi muhokama qilinadigan markazga aylandi — bu yerda GSMA M360 Eurasia 2026 forumi o‘z ishini boshladi. 🇺🇿

Forum doirasida davlat organlari vakillari, xalqaro tech va telekommunikatsiya kompaniyalari, investorlar hamda soha ekspertlari sun’iy intellekt, 5G, raqamli infratuzilma, sun’iy yo‘ldosh aloqasi va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida mintaqaning rivojlanish istiqbollarini muhokama qilmoqda.

Mobile Economy Eurasia 2026 hisobotiga ko‘ra, mobil ekotizim bugungi kunda mintaqa iqtisodiyotiga 270 milliard dollar hissa qo‘shmoqda — bu Yevrosiya YAIMining 8,1 foiziga teng. 2030 yilga borib ushbu ko‘rsatkich 300 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

Forumning alohida e’tibori AI-ready davlat xizmatlari, raqamli ulanish va bozorda allaqachon amaliy qo‘llanayotgan texnologiyalarga qaratilgan.

Dasturdan, shuningdek, startaplar uchun Pitch Day: Uzbekistan va Markaziy Osiyo uchun raqamli hamda “yashil” yechimlarga bag‘ishlangan Green and Digital Solutions mintaqaviy xakatoni ham o‘rin olgan.

Forum Hilton Samarkand Regencyda GSMA, O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, Beeline Uzbekistan, VEON, International Telecommunication Union hamda Mintaqaviy aloqa hamdo‘stligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
🔥 9
1
👍 1
4 1.6K

Digital Digest

25.1K
Texnologiya, sun’iy intellekt, neyron tarmoqlar, kiber olam, trendlar va qiziqarli xabarlarga qiziquvchilar uchun foydali kanal.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram