avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
25.05.2026 08:10
ZDNet: Samsung bazaviy Galaxy S27 smartfonlarida uchinchi tomon ekranlaridan foydalanishi mumkin

ZDNet ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyning elektron komponentlar ishlab chiqaruvchisi BOE Samsung kompaniyasiga Galaxy S27 lineykasining bazaviy modellari uchun o‘z OLED ekranlarini taklif qilgan.

Nashr yozishicha, Samsung hozir ushbu imkoniyatni o‘rganmoqda va o‘tgan oy taklif etilgan matritsalarni texnik tahlildan o‘tkazishni boshlagan. Kompaniya ekranlar sifatini “yetarlicha yaxshi” deb baholamoqda.

Smartfon ishlab chiqaruvchisi yangi yetkazib beruvchiga qisman o‘tishi mumkinligining asosiy sababi — komponentlar narxi. ZDNet ta’kidlashicha, BOE bir dona ekran uchun Samsung Display kompaniyasidan taxminan 5 dollar arzonroq narx so‘ramoqda. So‘nggi yillarda esa Galaxy S qurilmalarining barcha displeylarini aynan Samsung Display yetkazib bergan.

Hozircha tomonlar yakuniy qarorga kelmagan. Ayni paytda BOE Samsung uchun asosan Galaxy A kabi o‘rta byudjetli smartfonlar ekranlarini yetkazib bermoqda.
🔥 6
2
👍 1
3 7 1.8K

Обсуждение 3

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Digital Digest

25.1K
Texnologiya, sun’iy intellekt, neyron tarmoqlar, kiber olam, trendlar va qiziqarli xabarlarga qiziquvchilar uchun foydali kanal.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram