avatar
Digital Digest
@digitaldigestuz
21.05.2026 06:05
Samarqand ikki kun davomida Yevrosiyaning raqamli kelajagi muhokama qilinadigan markazga aylandi — bu yerda GSMA M360 Eurasia 2026 forumi o‘z ishini boshladi. 🇺🇿

Forum doirasida davlat organlari vakillari, xalqaro tech va telekommunikatsiya kompaniyalari, investorlar hamda soha ekspertlari sun’iy intellekt, 5G, raqamli infratuzilma, sun’iy yo‘ldosh aloqasi va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida mintaqaning rivojlanish istiqbollarini muhokama qilmoqda.

Mobile Economy Eurasia 2026 hisobotiga ko‘ra, mobil ekotizim bugungi kunda mintaqa iqtisodiyotiga 270 milliard dollar hissa qo‘shmoqda — bu Yevrosiya YAIMining 8,1 foiziga teng. 2030 yilga borib ushbu ko‘rsatkich 300 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

Forumning alohida e’tibori AI-ready davlat xizmatlari, raqamli ulanish va bozorda allaqachon amaliy qo‘llanayotgan texnologiyalarga qaratilgan.

Dasturdan, shuningdek, startaplar uchun Pitch Day: Uzbekistan va Markaziy Osiyo uchun raqamli hamda “yashil” yechimlarga bag‘ishlangan Green and Digital Solutions mintaqaviy xakatoni ham o‘rin olgan.

Forum Hilton Samarkand Regencyda GSMA, O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, Beeline Uzbekistan, VEON, International Telecommunication Union hamda Mintaqaviy aloqa hamdo‘stligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
🔥 9
1
👍 1
4 1.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Digital Digest

25.1K
Texnologiya, sun’iy intellekt, neyron tarmoqlar, kiber olam, trendlar va qiziqarli xabarlarga qiziquvchilar uchun foydali kanal.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram