Qualcomm hamyonbop Snapdragon C chiplar lineykasini taqdim etdi
Qualcomm Windows operatsion tizimida ishlovchi arzon ARM-kompyuterlar uchun mo‘ljallangan yangi Snapdragon C protsessorlari lineykasini e’lon qildi.
Bu byudjet segmentiga mansub chiplar bo‘lib, ularni narxi 300 dollardan boshlanuvchi noutbuklarga o‘rnatish rejalashtirilgan. Asosiy e’tibor faol sovutishsiz ishlash, uzoq batareya muddati va sun’iy intellektning bazaviy funksiyalariga qaratilgan.
Yangi platformada eng kuchli noutbuk va smartfon chiplarida qo‘llaniladigan flagman Oryon yadrolari ishlatilmagan. Buning o‘rniga, arzon smartfonlar va Chromebook qurilmalarida qo‘llanib kelayotgan Kryo yadrolaridan foydalanilgan.
Sun’iy intellekt funksiyalari uchun NPU bloki mavjud bo‘lsa-da, kompaniya yangi chiplar Microsoft kompaniyasining Copilot+ PC talablari darajasiga mos kelmasligini tan oldi. Shu sababli ushbu protsessorlar asosidagi noutbuklar Copilot+ platformasining barcha imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlamaydi.
Ma’lum qilinishicha, Snapdragon C platformasiga asoslangan ilk qurilmalar 2026-yilda sotuvga chiqadi. Loyiha hamkorlari qatorida Acer, HP va Lenovo kompaniyalari borligi aytilmoqda.
❤9
🔥4
🤔1
3 1K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram