30.07.2026 16:20
Markaziy bank rasmiy bayonoti

Ijtimoiy tarmoqlarda bank omonatlaridan olinadigan foiz daromadlariga soliq solish masalasi yuzasidan tarqalayotgan xabarlar bo‘yicha Markaziy bank quyidagilarni ma’lum qiladi:

🔘Mazkur masala yuzasidan bildirilgan fikr Fiskal tahlillar instituti tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-tahliliy tadqiqot doirasida ilgari surilgan. Ilmiy-tadqiqot muassasalari xalqaro tajriba va iqtisodiy jarayonlarni muntazam o‘rganib, turli tahliliy takliflarni ilgari surishi tabiiy.

🔘Mazkur fikr ilmiy-tadqiqot natijalari taqdimoti doirasida bildirilgan bo‘lib, rasmiy taklif sifatida kiritilmagan.

🔘Markaziy bank takliflarni o‘rganishda ularning moliyaviy resurslar qiymatiga, banklarning resurs bazasi hamda moliyaviy barqarorlikka ta’sirini kompleks baholashga alohida ahamiyat qaratadi.


Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Linkedin | X
129 36.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
25.07.2026 06:30


XVJ Oʻzbekiston haqidagi eng muhim xulosalardan birini eʼlon qildi.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasining 2026-yilgi hisobotida Oʻzbekistonning valyuta rejimiga nisbatan tasnif yangilandi.

Bu oʻzgarish mamlakat iqtisodiyoti uchun nimani anglatadi?

Bu haqda “Insight”da gaplashamiz.

🔜To‘liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qiling.

#insight #CBU

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Linkedin | X
7 4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
24.07.2026 15:26


Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham yaratilgan.

➡️Banklar ro'yxati

#CBU_Info

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Linkedin | X
11 5.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
24.07.2026 14:05

Bank tizimi faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari

2026-yil 1-iyul holatiga ko'ra o'tgan yilning mos davriga nisbatan jami bank aktivlari 18% ga (1 005,8 trln so'm), kredit qo'yilmalari 12% ga (642,8 trln so'm), jami bank kapitali esa 19% ga (148,9 trln so'm) o'sdi. Ayniqsa, bank tizimidagi jami depozitlar miqdori 118 trln so'mga ko'payib, 473,8 trln so'mni tashkil etdi va yillik o'sish 33% ga yetdi.
Mazkur dinamika aholi hamda tadbirkorlarning kredit hamda depozit mahsulotlariga talabi ortayotganini ko'rsatadi.

Shuningdek, bank tizimi asosiy ko'rsatkichlari tarkibidagi xorijiy valyuta ulushi dinamikasida pasayish kuzatildi:
Bank aktivlar tarkibida: 40% → 35%
Kredit qo'yilmalari tarkibida: 42% → 39%
Depozitlar tarkibida: 24% → 19%
Mazkur tendensiya moliya bozorida jamg'arish va to'lov vositasi sifatida xorijiy valyutadan ko'ra milliy valyutamiz — so'mga bo'lgan talab ortib borayotganini ko'rsatmoqda.

Batafsil
#Markaziy_bank_raqamlarda

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Linkedin | X
7 5.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
24.07.2026 09:17

Inflyatsiya aholining turli daromad guruhlari bo‘yicha qanday farqlanadi?

Inflyatsiya barcha aholi guruhlariga bir xil ta’sir qilmaydi. Chunki turli daromad guruhlari xarajatlarini turli mahsulot va xizmatlarga sarflaydi.
Past daromadli oilalar daromadining katta qismini oziq-ovqat, kommunal xizmatlar, transport va kundalik ehtiyojlarga sarflaydi. Shu sababli aynan zaruriy mahsulotlar narxi oshsa, ular inflyatsiyani kuchliroq his qiladi.

Yuqori daromadli oilalarda esa ta’lim, dam olish, uzoq muddatli tovarlar, moliyaviy xizmatlar va investitsiyalar ulushi yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ular ayrim narx oshishlarini nisbatan yengilroq qabul qilishi mumkin.

Demak, rasmiy inflyatsiya o‘rtacha ko‘rsatkichdir. Har bir oilaning “shaxsiy inflyatsiyasi” esa uning xarajat tarkibiga bog‘liq.

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Linkedin | X
10 6.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
23.07.2026 09:37
Qatnashamizmi? 😊

Har oy minglab insonlar o'z fikrini bildirmoqda — siz ham ishtirok eting!

Bir necha soniya ajrating va o'z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun muhim.
Javoblar maxfiy saqlanadi va faqat umumiy ko'rinishda foydalaniladi.

So'rovnoma 2026-yil 31-iyulga qadar davom etadi.
Ishtirok etish uchun havola: @kutilma_cbu_bot

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Linkedin | X
150 21.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
23.07.2026 06:18

Ichki valyuta bozori sharhi | I yarim yillik

2026-yilning I yarim yilligida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab qariyb 32 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20 foizga oshdi. Shu bilan birga, xorijiy valyuta taklifi (Markaziy bank operatsiyalarini hisobga olmagan holda) 27,8 mlrd AQSH dollariga yetib, 31 foizga o‘sdi.
Bunda, yuridik shaxslarning xorijiy valyutaga bo‘lgan talabi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19 foizga, valyuta taklifi esa 29 foizga oshdi.
Milliy valyuta almashuv kursi hisobot davri yakunlari bo‘yicha 12 009 so‘m/AQSH dollarni tashkil etgan holda yil boshiga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi.

🔗 To'liq sharh

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Linkedin |
20 8.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
22.07.2026 10:59

Nima uchun oziq-ovqat narxlaridagi inflyatsiya inflyatsion kutilmalarga eng kuchli ta’sir qiladi?

Oziq-ovqat narxlari aholining kundalik hayotida eng ko‘p seziladigan narxlardir.

Shu bois oziq-ovqat narxlaridagi o‘zgarishlar ko‘pincha umumiy inflyatsiya haqidagi tasavvurlar va inflyatsion kutilmalarga boshqa tovarlarga nisbatan kuchliroq ta'sir ko‘rsatadi.
Non, go‘sht, yog‘, sabzavot va sut mahsulotlari kabi oziq-ovqat mahsulotlari muntazam xarid qilinishi sababli ularning narxidagi har qanday o‘zgarish darhol seziladi.
Agar oziq-ovqat narxlari tez-tez oshib borsa, aholida “hamma narsa qimmatlashyapti” degan tasavvur shakllanadi. Bu esa inflyatsion kutilmalarning kuchayishiga olib keladi.
Natijada aholi narxlar yanada oshib ketishidan xavotirlanib, ayrim xaridlarni oldinroq amalga oshirishga intiladi.
Biznes vakillari esa kelgusida xarajatlar ortishini kutib, mahsulot va xizmatlar narxini oldindan oshirishga moyil bo‘ladi.

Shu bois oziq-ovqat narxlaridagi o‘zgarishlar nafaqat inflyatsiya darajasiga, balki inflyatsion kutilmalarga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Linkedin | X
12 8.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Markaziy bank
Переслано от канала
21.07.2026 12:49


"O‘zbekiston mehnat bozori transformatsiyasi: yangi tendensiyalar, asosiy o‘zgarishlar va innovatsion HR" forumi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur forum doirasida sun’iy intellekt (gologramma) taqdimoti hamda
quyidagi mavzular bo‘yicha panel sessiyalari tashkil etiladi:

🔹 Innovatsion HR boshqaruvi;
🔹 Mehnat bozorida yangi tendensiyalar;
🔹 Mehnat kodeksiga sharh;
🔹 Tijorat banklari faoliyatida yangicha yondashuv.
🔹 Mehnat munosabatlari, ijtimoiy kafolatlar va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot;

Shuningdek, 30 dan ortiq tijorat bankining 1 000 ga yaqin vakant ish o‘rinlari taqdim etiladigan mehnat yarmarkasi.

Forumda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, xususiy sektor, tijorat banklari, HR hamjamiyati, rekruting kompaniyalari hamda mehnat munosabatlari sohasidagi yetakchi ekspertlar ishtirok etadi.


🗓 Sana: 2026-yil 22-iyul

🕘 Boshlanish vaqti: 09:30

Manzil: Hyatt Regency Tashkent

Sayt | Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | X
24 8.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
21.07.2026 10:03
Makroiqtisodiy tahlilga zamonaviy matematik yechimlar tatbiq etiladi

Markaziy bank va V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti imzolagan ilmiy hamkorlik memorandumi hamda 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan dastur Markaziy bankning amaliy tajribasi va institutning ilmiy salohiyatini birlashtiradi.
🔘Hamkorlik zamonaviy matematik usullarni makroiqtisodiy tahlilga tatbiq etish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish va ilmiy ishlanmalarni amaliyot bilan bog‘lashni qamrab oladi. Markaziy bank mutaxassislari va institut olimlarining doimiy hamkorligi uchun amaliy tadqiqotlar laboratoriyasi ham tashkil etiladi.


🇺🇿Batafsil
🇬🇧Read more

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Linkedin | X
13 8.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
21.07.2026 07:29
Tadbirkorlar uchun yana bir yengillik!
Endilikda ichki valyuta bozoridan sotib olingan valyuta mablagʻlarini boshqa shartnoma uchun ham ishlatish mumkin.
Endi valyutani avval bankka qayta sotib, keyin yana xarid qilish talab etilmaydi.
Bu esa:
vaqtni tejaydi;
ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi;
valyuta operatsiyalarini yanada sodda va tezkor qiladi.
Yangi tartib tadbirkorlar uchun yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratadi.

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Linkedin | X
54 8.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Markaziy bank

44.4K
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

Murojaat uchun info@cbu.uz,
Aloqa uchun 71 200-00-44,
Manzil: 100001, Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 6
Website: cbu.uz
Telegram bot: @cbu_official_bot
Открыть в Telegram