22.07.2026 10:59

Nima uchun oziq-ovqat narxlaridagi inflyatsiya inflyatsion kutilmalarga eng kuchli ta’sir qiladi?

Oziq-ovqat narxlari aholining kundalik hayotida eng ko‘p seziladigan narxlardir.

Shu bois oziq-ovqat narxlaridagi o‘zgarishlar ko‘pincha umumiy inflyatsiya haqidagi tasavvurlar va inflyatsion kutilmalarga boshqa tovarlarga nisbatan kuchliroq ta'sir ko‘rsatadi.
Non, go‘sht, yog‘, sabzavot va sut mahsulotlari kabi oziq-ovqat mahsulotlari muntazam xarid qilinishi sababli ularning narxidagi har qanday o‘zgarish darhol seziladi.
Agar oziq-ovqat narxlari tez-tez oshib borsa, aholida “hamma narsa qimmatlashyapti” degan tasavvur shakllanadi. Bu esa inflyatsion kutilmalarning kuchayishiga olib keladi.
Natijada aholi narxlar yanada oshib ketishidan xavotirlanib, ayrim xaridlarni oldinroq amalga oshirishga intiladi.
Biznes vakillari esa kelgusida xarajatlar ortishini kutib, mahsulot va xizmatlar narxini oldindan oshirishga moyil bo‘ladi.

Shu bois oziq-ovqat narxlaridagi o‘zgarishlar nafaqat inflyatsiya darajasiga, balki inflyatsion kutilmalarga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Linkedin | X
12 8.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Markaziy bank

44.4K
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

Murojaat uchun info@cbu.uz,
Aloqa uchun 71 200-00-44,
Manzil: 100001, Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 6
Website: cbu.uz
Telegram bot: @cbu_official_bot
Открыть в Telegram